Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Klopp va Gvardioladan stendap

Klopp va Gvardioladan stendap

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kunikecha «FWA EWARDS» taqdirlash marosimida ishtirok etgan azaliy raqiblar Klopp va Gvardiola oldinma-ketin so‘zga chiqishdi. Avvaliga Yurgen Klopp tomonidan yangragan qiziqarli nutqqa, Pep ham ajoyib tarzda javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu qiziqarli chiqishlarni etiboringizga havola etamiz.

Yurgen Klopp

Avvalo taklif uchun katta rahmat! Shuningdek sovrin uchun ham alohida minaddorchilik bildiraman. Ochig‘I uni qo‘lga kiritaman deb o‘ylamagan edim.

Demak, bu sovrin qo‘lga kiritilgan boshqa sovrin uchun taqdim etilar ekan. Shunga qaramay bu juda yoqimli Biz bugun Pep bilan gaplashib qoldik va men unga Kompaniy gol kiritgan kechada nima bilan band ekanligimni aytdim. O‘sha kuni biz «Barselona»ga qqarshi o‘yinga tayyorgalik ko‘rayotgan edik. Kechqurun uyga kelsam, turmush o‘rtog‘im : «yur o‘yinni tomosha qilamiz»,-dedi. Men esa, biroz yoqimsiz tuyg‘uni his etgancha : «negadir hecham ko‘rgim kelmayapti»,- dedim. Shunday bo‘lsada, ushbu uchrashuvni tomosha qildim.

Oynayijahon oldidagi divanga joylashib oldim va qo‘llarim cho‘ntaklarimda edi. O‘zimni qo‘lga olishga va asabiylashmaslikka harakat qildim. O‘sha kuni ular butun mavsumda amalga oshirishgan ishni takrorlashdi. G‘alaba qozonishdi. Aynan «Lester»ga qarshi o‘yinga keladigan bo‘lsam, daqiqa sari asabiylasha boshladim. «Lester» futbolchilari charchab qolgach, ulardan jaxlim chiqib ketdi. Keyin Kompaniyning goli sodir bo‘ldi. Bu uning o‘tgan mavsumda amalga oshirgan yagona harakati bo‘ldi. Adashmasam yagona goli ham. To‘g‘risi, bu ajoyib daqiqalar edi. Men shunday jamoani boshqarayotganimdan va «Manchester Siti»dek kubga qarshilik qilayotganimdan mamnunman. Albatta, chempionatda biz yolg‘iz emasmiz.

Boshqa kuchli klublar ham o‘zlarining ko‘rsatishga harakat qilishdi. Masalan, «Chelsi» ham ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Ushbu sovrinni qo‘lga kiritganimdan va bugun sizdek ajoyib insonlar bilan uchrashganimdan baxtiyorman. Bu zaldagi insonlarning aksariyati hayotda nimagadir erishgan va o‘z ishining ustalari. Barchangizni hurmat qilaman. Futbol o‘zgacha o‘yin. Biz barchamiz uni yaxshi ko‘ramiz va uni targ‘ib etamiz. Farqimiz shundaki, biz futbolga turlicha yondoshamiz. Yana bir kata rahmat! Ha aytgancha, bugun ovqat tekinmi? O‘zi kimdir bugun stol uchun pul to‘laydimi? Har ehtimolga qarshi, ogohlantirib qo‘yinglar!

Pep Gvardiola

Barchaga xayrli kech. Menimcha orangizda hech kim Kloppdan keyin nuqt so‘zlash qiyin ekanligini tushunmasa kerak. Men u buni qanday amalga oshirishini bilmayman. Yaxshisi borib mashq qilib kelaman. (kuladi)

Bilasizmi, Yurgen men Kompaniydan gol kutganimdan xabari yo‘q. Deyarli barcha o‘yinda undan gol kutganman. Ayniqsa, o‘sha uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda gol kutgan edim. Bu amalga oshdi va u gol kiritdi. Shu o‘rinda takif uchun alohida minaddorchilik bildirmoqchiman. O‘tgan mavsumda ham shu yerda bo‘lgan edim. O‘shanda APLda g‘olib chiqqan edik. O‘tgan mavsumda biz ko‘plab sovrinlarga ega chiqdik. Kechirasiz yigitlar o‘tgan mavsumda  sizlarga hech sovrin qoldirmadik. Shunday bo‘lsada, o‘tgan mavsum biz uchun juda og‘ir kechdi. Kuchli raqobat sababli tinimsiz ishlashda davom etdik. Tan olish lozim, Yurgenning jamoalariga qarshi o‘yinda doimmo yangi narsalarni o‘zlashtirib kelganman. Bu mavsumda YECHLda g‘olib chiqishni juda istayapman. Yurgen esa, mening sovrinlarimga ko‘z tikkan. Shunday ekan, biz bu mavsumda o‘rinlarimizni almashtirishimiz mumkin. Ha aytgancha, «Manchester Siti» boy klub. Bugun o‘zimizning tushligimiz uchun pul to‘lab ketamiz.(kuladi) Barchaga katta rahmat!

Manba: Голос футбола
Kiritildi: 21:24, 29.11.2019.
O'qildi: 4581 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.