Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Nyukasl» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv va APLda g‘oliblik uchun kurash haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Nyukasl» klubiga qarshi safarda o‘ynash doim qiyin bo‘lgan. Oldimizda jiddiy sinov kutmoqda. Qanday vaziyatda turganimizni yaxshi tushunib turibmiz. Oldinda «Bernli» klubiga qarshi uchrashuv turibdi, keyin esa derbida «Manchester Yunayted» klubiga qarshi o‘ynaymiz. Men ayni paytda APL g‘olibligi haqida o‘ylamayapman. Biz avval «Lester», keyin esa «Liverpul» to‘sig‘idan o‘tishimiz kerak. Ayni paytda ochko yo‘qotmasligimizga aminman», – dedi Gvardiolv «Manchester Erevening News» nashriga bergan intervyusida.













