Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Shesni faoliyatidagi eng qo‘rqinchli raqibni aytdi

Shesni faoliyatidagi eng qo‘rqinchli raqibni aytdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» klubi darvozaboni Voysex Shesni hozirda «Inter Mayami» sharafini himoya qilayotgan Lionel Messini faoliyatidagi eng murakkab raqib deb hisoblashini ochiqladi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Polshalik posbonning so‘zlariga ko‘ra, Messi unga juda ko‘p gol urmagan bo‘lsa-da, maydondagi harakatlari bilan doimo katta xavf tug‘dirgan.

«Men to‘qnash kelgan eng qiyin hujumchi — bu Lionel Messi. Balki menga undan ko‘proq gol urgan boshqa hujumchilar bo‘lgandir, chunki Leo darvozamga bor-yo‘g‘i uchta gol urgan, xolos. Biroq u men qo‘rqqan yagona futbolchi bo‘lib qolmoqda. U o‘ta xavfli o‘yinchi», — deya Shesnining so‘zlarini keltiradi manba.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Voysex Shesni 2024 yildan buyon «Barselona» safida harakat qilmoqda. Joriy mavsumda polshalik darvozabon barcha turnirlar doirasida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 14:54, 27.04.2026.
O'qildi: 2557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик