Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Messi taqdirlash marosimidan so‘ng nimalar dedi?

Messi taqdirlash marosimidan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Intervyular

Argentinalik futbolchi o‘zining 6-«oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor. Kecha bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimidan so‘ng, qahramonimiz «Mundo Deportivo» kanali uchun kichik intervyu berib o‘tdi.

Taqdirlash marosimidan avval, turli mish-mishlar paydo bo‘ldi. So‘rovnomada g‘alaba qozonishingga shubha qilmagan bo‘lsang kerak?

Ochig‘i, bugun so‘rovnomada g‘alaba qozonaman deb o‘ylamagan edim. Bu men uchun yoqimli yangilik bo‘ldi. Sahnada aytganimdek, men avvallari bitta «oltin to‘p»ni ham orzu qilishga qo‘rqadigan bolakay edim. Oltitasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Men faoliyatimdagi oltinchi eng nufuzli sovrinlarimdan birini qo‘lga kiritganimdan baxtiyorman. Bu hali hech kim zabt etmagan cho‘qqi! Bu natijaga erishganim bilan faxrlanaman.

Nima deb o‘ylaysan,  oltita «oltin to‘p»ni qo‘liga kiritib  sening rekordingni yo‘qqa chiqarishning iloji bormi?

Bu ishni kim qilishini bilmayman, lekin bu natijamdanda yaxshiroq natija qayd etgan futbolchi paydo bo‘lishiga aminman. Rekordlar yo‘qqa chiqarish uchun o‘rnatiladi. Nima bo‘lganda ham bu natija yangilanadi, biroq qachon bo‘lishi nomalum.

Seningcha Killian Mbappe ushbu rekordni yo‘qqa chiqarishi mumkinmi?

Albatta, lekin qaytaraman bu natijani kim takrorlashini bilmayman. Hozircha bu ko‘rsatgich menga tegishli va men bundan juda mamnunman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 08:55, 03.12.2019.
O'qildi: 12040 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.