Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Bunyodkor» legionerlar bilan xayrlashdi

«Bunyodkor» legionerlar bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -1

Barchaga ma’lumki, yakunlangan mavsumning ikkinchi qismida «Bunyodkor» o‘z safini ikki nafar legioner bilan to‘ldirgan edi.

Yarim mavsum davomida «Bunyodkor» sharafini himoya qilgan ukrainalik Yevgeniy Chumak hamda rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy «qaldirg‘ochlar»ni tark etdi. Klub rahbariyati legionerlar bilan uchrashdi. O‘zaro suhbatdan so‘ng futbolchilar jamoa bilan do‘stona kayfiyatda xayrlashdi. Aytish kerak, «Bunyodkor» har ikkala legionerga ham shartnomada ko‘rsatilgan oylik-maoshlarni to‘lab berdi. Ya’ni, klubning futbolchilar oldida qarzi yo‘q.

Yevgeniy Chumak: - Ochig‘i, shunday sharoitga ega klubda to‘p surganimdan xursandman. Akademiya, maydonlar, asosiy stadion – to‘g‘risi, ilk bor ko‘rganimda shok holatiga tushgan edim. «Bunyodkor»ni Chempionlar Ligasining saralash bosqichiga yo‘l olgani bilan tabriklayman! Jamoa guruh bosqichiga chiqishi tilakdoshiman! 

Dmitriy Ostrovskiy: - Avvalo klubda ishlayotgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, xususan murabbiylar shtabiga. Ular bilan yaxshi davrlarni o‘tkazdim. «Bunyodkor»da murabbiylardan tortib, shifokoru, uqalovchilargacha hamma o‘zining ishini ustasi ekan. Shuning uchun bu yerda o‘tkazgan vaqtimga achinmayman. Rahbariyat oylik-maoshlarimizni berib, biz bilan hisob-kitob qildi.  

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 23:07, 03.12.2019.
O'qildi: 4359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик