Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi hujumchisi Edinson Kavani yanvar oyida boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida yozmoqda AS nashri.
Manbaning yozishicha, hujumchini Madridning "Atletiko" klubi qo‘lga kiritishga tayyor turibdi.
Kavani joriy mavsumda PSJ tarkibida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uning transfer summasi 40 million yevro atrofida baholanmoqda.