Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

A seriya. Ronaldu gol urdi, ammo «Yuventus» yutqazdi

A seriya. Ronaldu gol urdi, ammo «Yuventus» yutqazdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 15-turi doirasida markaziy o‘yin Rimdagi "Olimpiko"ni stadionida bo‘lib o‘tdi. "Lasio"ga qarshi o‘yinda "Yuventus" mavsumda ilk marta mag‘lubiyatga uchradi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Krishtianu Ronaldu yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda yuqoridan yetkazilgan uzatmani Luis Felipe bosh bilan "Yuve" darvozasiga burib yubordi — 1:1.

Bahsning 69-daqiqasida esa o‘yin taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan voqea yuz berdi. Turinliklar himoyachisi Kuadrado to‘pga o‘ynamoqchi bo‘lib darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan raqib hujumchisini to‘xtatdi. Hakam dastlab unga sariq kartochka bergan edi. Ammo VARning maslahati bilan referi o‘z qarorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga aylantirdi. Bu vaziyatda Kuadradoning oyog‘i to‘pga tegmagan edi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan olis masofadan yetkazilgan uzatmani Milinkovich-Savich raqib darvozasi oldida o‘ziga bo‘ysundirdi va darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 5 daqiqa o‘tib "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgilandi: Shchesni o‘z jarima maydoni ichida hujumchini yiqitdi. Voysexning o‘zi Immobile tomonidan 11 metrli jarimadan yo‘llangan zarbani nafaqat qaytardi, balki hujumchining takroriy zarbasini ham bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda rimliklarning 3 nafar futbolchisi yolg‘iz darvozabonga qarshi chiqib borishdi. Shchesni dastlabki zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pni Kaysedo egalladi va kuchli zarba bilan darvozaga joyladi.

Shu tariqa, "Yuventus" mavsumda ilk marta mag‘lubiyat alamini tortdi va jadvalda 2-o‘rinda qoldi.

Italiya chempionati, 15-tur
Lasio – Yuventus 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 25 Ronaldu, 1:1 – 45+1 Luis Felipe, 2:1 – 74 Milinkovich-Savich, 3:1 – 90 Kaysedo.
Noaniq penalti: Immobile (79, darvozabon)
Lasio
– Strakosha, Luis Felipe, Radu, Acherbi, Lassari, Lulich, Milinkovich-Savich (Kaysedo, 90), Leyva, Luis Alberto (Parolo, 75), Korrea, Immobile (Kataldi, 85).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Matyuidi, Kuadrado, Bentankur (Djan, 41), Pyanich, Bernardeski (Danilo, 71), Ronaldu, Dibala (Iguain, 79).
Ogohlantirishlar: Luis Alberto (6), Pyanich (11), Dibala (37), Lassari (63), Shchensni (77), Leyva (86), Kaysedo (90).
Chetlatish: Kuadrado (69).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:29, 08.12.2019.
O'qildi: 4074 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик