Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 0-0 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo - Nasaf

Azamat Abduraimov: «Turnir bolalar uchun katta maktab vazifasini o‘tab berdi»

Azamat Abduraimov: «Turnir bolalar uchun katta maktab vazifasini o‘tab berdi»

Baho:
+ | -

Ilk bor o‘tkazilgan «Bunyodkor Kubogi»da g‘olib chiqqan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov final uchrashuvidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- «Bunyodkor» futbol klubi rasmiylarini yil yakunida shunday turnir tashkil qilib, muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabriklayman! Musobaqa biz uchun har tomonlama foydali bo‘ldi, deya olaman. Garchi besh kun davomida har kuni maydonga chiqish o‘ziga xos qiyinchiliklarni tug‘dirgan bo‘lsa-da, bolalar o‘zlarida kuch topa olishdi. Bugungi final katta bosim ostida o‘tdi. Finalga bir-biriga loyiq jamoalar chiqdi, deyish mumkin. Yana aytish kerakki, barcha jamoalar musobaqadagi ishtirokidan mamnun bo‘ldi. Turnir hali 15 yoshni qarshilamagan bolalarga katta tajriba maktabini bajarib berdi. 

Terma jamoa musobaqaga qadar atigi bir marta mashg‘ulot o‘tkazdi. Shu bois ma’lum qiyinchiliklarga duch keldik. Boisi, bolalar bir-biri bilan maydonda to‘p surmagan, tushunmovchiliklar bo‘lishi aniq edi. Lekin bolalar musobaqa davomida eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishdi. Terma jamoada to‘p surishga loyiqligini isbotlashdi. Musobaqa davomida boshqa jamoalarni ham kuzatdik. Ularning tarkibidagi eng yaxshilarni ko‘z ostimizga olib qo‘ydik.  

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:16, 08.12.2019.
O'qildi: 2331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.