Rossiyalik sportchilar 4 yilga barcha yirik xalqaro musobaqalardan chetlatildi. Jumladan, rossiyalik sportchilar Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari va futbol bo‘yicha JCH-2022da ishtirok etishmaydi.
Xalqaro antidoping tashkiloti — WADAning ijroqo‘mi shunday qaror qabul qildi. Buning sababi — Moskva antidoping laboratoriyasi ishida qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan.
Rossiya tomonida ushbu qaror yuzasidan apellyasiya berish uchun 3 hafta vaqtga ega.