Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

OCHL-2020. Guruh bosqichiga qur’a tashlandi

OCHL-2020. Guruh bosqichiga qur’a tashlandi

Baho:
+ | -

Biroz avval Kuala-Lumpurdagi OFK shtab-kvartirasida Osiyo chempionlar ligasi 2020 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kelasi mavsumda ham OCHL turnirida mamlakatimizning uchta jamoasi ishtirok etadi. O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" musobaqani guruh bosqichidan boshlasa, Superliga sovrindorlari «Lokomotiv» va «Bunyodkor» pley-off saralash bosqichidan boshlaydi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" "B" guruhida OCHL-2019 g‘olibi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol", BAAning "Shabab Al-Ahli Dubay" hamda 3-pley-off g‘olibi bilan birga o‘rin oldi.

Toshkentning "Lokomotiv" klubi esa saralashdan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, "A" guruhidan joy oladi. Unga BAAning "Al-Vahda", Iroqning "Al-SHorta" va saralash bosqichining 4-g‘olibi raqiblik qilishi mumkin.

"Bunyodkor" esa pley-off bosqichlaridan o‘ta olsa, "D" guruhidan o‘rin oladi. Vadim Abramov shogirdlariga Eronning "Sepaxon", Qatarning "As-Sadd", Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klublari raqib bo‘ladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:51, 10.12.2019.
O'qildi: 14665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик