Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Joze Mourinyo : "Barchasi o‘zgarib ketdi"

Joze Mourinyo : "Barchasi o‘zgarib ketdi"

Baho:
+1 | -

Ayni damda Londonning “Tottenhem” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Fransiyaning “Le Quipe” nashri uchun katta intervyu berib o‘tdi. Qiziqarli o‘tgan suhbat davomida “benazir” o‘z “Manchester Yunayted”dagi omadsizlik sabablari zamonaviy futbol haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.

“Manchester Yunayted” va futbolchilar o‘rtasidagi muammolar haqida

Menda Marsial bilan muammolar bordek ko‘ringani bilan aslida hammasi o‘zgacha. Men bir paytlar Karim Benzema bilan ham ana shunday mojoroga o‘ralashib qolgan edim. Men u bilan janjallashmoqchi emas edim. Shunchaki uning imkoniyatlari yanada ko‘prog‘iga qodir ekanligini anglatmoqchi edim xolos. Men uni chinakam “qotil”ga aylantirishni reja qilgan edim. Karim bilan birga ishlashdan zavqlanganim shundoqqina yodimda. Marsialning harakteri o‘zgacharoq. U haqida uzoq so‘zlashni istamayman. Umid qilamanki, u o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish etishga muvaffaq bo‘ladi.

 

PSJ haqida

Bu juda katta hajmda ish olib borayotgan, tarkibida dunyo darajasidagi futbolchilari bor klub. Shunga qaramay, xalqaro arenalarda g‘alaba qozonish ularga nasib etmayapti. Bu juda muhim. Men hamkasblarimning ishiga xalqaro maydondagi g‘alabalariga qarab baho beraman. Agarda sen o‘z faoliyating davomida katta musobaqalarda g‘olib chiqmasang, bu sening buyuk murabbiylar qatoridan joy olishningga yo‘l qo‘ymaydi. PSJ Fransiyada tinimsiz chempionlikni qo‘lga kiritayotgan jamoa. U xuddi “Bavariya” va “Yuventus” singari o‘z yurtining birinchi raqamli jamaosi.

Futboldagi yangi tehnalogiyalar

Haqiqiy murabbiy zamonaviy tehnalogiyalarga suyanib qolmasligi shart. Futbolchilarning yurak urishini o‘lchash orqali kuchli jamoa tuzishning iloji yo‘q. Eng muhimi sifatli mashg‘ulotlar o‘tkazish. Mavsum davomida yuqori formada bo‘lish futbolchilarning vazifasi. Men shunchaki ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi shaxsman xolos. Bu futbolning oltin qoidalaridan bir. Bundan bir necha kun avval bir futbolchining murabbiyi haqida bergan interyusiga ko‘zim tushib qoldi. Unda quyidagi so‘zlar aytilgan edi: “Mening murabbiyim ajoyib yigit! U mehribon va bag‘ri keng inson”. Bunday futbolchilar o‘z ustozlarini hech qachon ajoyib murabbiy deb atashmaydi. Siz o‘z futbolchilaringizdan ajoyib murabbiy ekanligingizni eshitishingiz qolgan barcha maqtovlardan muhimroq. Siz o‘zinigizni maydon chetida, o‘yinning natijasiga ta’sir o‘tkazish orqali ko‘rsatishingiz shart. Murabbiyning asl vazifasi nimada? Ushbu savolning barcha uchun o‘ziga xos javobi mavjud. Gap bu savolga qanday yondashishga bog‘liq. Men qanday yondashishimni tushundingiz degan umiddaman.

 

Zamonaviy futbolchilar

 

Bundan 20 yil oldin futbolchilarning kiyinish xonasi bilan hozirgisi o‘rtasida juda katta farq bor. Avvalari, futbolchilar mashg‘ulotdan so‘ng, 40 daqiqa atrofida suhbatlashib turishar, ko‘pincha uyga bir mashinada yo‘l olishar edi. Bu klubning ichki muhitiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmas, jamoa ancha uyqushqoqlashar edi. Endilikda, barcha narsa o‘zgarib ketdi. Hozir futbolchilar o‘z e’tiborlarini to‘liq maydonga qarata olishmayapti. Ular futbol hayotlaridagi eng muhim narsa ekanligini anglab yetishmayapti. Bugun futbolchilarning huquqlari ko‘payib ketdi, lekin biz murabbiylar ularning vazifalarini eslatib turishimiz shart. Ularda ham o‘ziga xos uy vazifasi va muxlislar oldidagi majburiyatlari bo‘lishi shart. Sen katta klubda to‘p surishning istasang, senda to‘p tepish uchun ishtiyoq bo‘lishi kerak. Klub akademiyasidagi bolakaylarga e’tibor bering, ular naqadar xayajon bilan to‘pga intilishadi. Tashqi dunyo sizdagi ishtiyoqni 23 yoshda yo‘q qilib yuboradigan darajada yomonliklarga to‘lib ketmagan. Futbolchining yangi darajaga ko‘tarilishi klub murabbiylariga bog‘liq.

Pep o‘zidan o‘tib ketgani haqida

Men hech qachon Gvardiolaning sovrinlar soni bo‘yicha o‘zib ketganidan xafa bo‘lmayman. Qaytanga, bu natija menga 25 ta sovrinni qo‘lga kiritganimni eslatib turadi. Agarda men “Portu” safida YECHL g‘olibligidan so‘ng qolganimda, kelasi mavsumda “UEFA super kubogi”, klublar o‘rtasidagi JCH va Portugaliya super kubogida zafar quchgan bo‘lar edim. Buni shunchaki, hisob-kitob xolos. Men e’tiborimni sovrinlarga qaratadigan yoshdan o‘tganman.

 

Futbolchilar bilan muamolar

Mashg‘ulotlar so‘ngida bir futbolchi oldimga keldida, menda jamoaviy mashg‘ulotlar chog‘ida tanqid qilmasligimni iltimos qildi. Uning fikricha tanqid uning klubdagi mavqeyiga ta’sir o‘tkazar ekan. Qizig‘a? Afsuski, barchasi o‘zgarib ketdi. Futbolchilar aka-ukadek yaqin bo‘lishi, murabbiy ularning otasi o‘rnida bo‘lishi lozim. Jamoa bir oilaga aylangach, natijalar o‘z-o‘zidan kelishni boshlaydi. Siz oila davrasida erkin so‘zlashasiz. Demak, klubda ham shunday ko‘rinish olishi lozim.

Manba: Le Quipe
Kiritildi: 17:24, 10.12.2019.
O'qildi: 10273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.