Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Ko‘rimsiz yulduz

Ko‘rimsiz yulduz

Baho:
+ | -

Top klublarda shunday futbolchilar bo‘ladiki, ularning jamoa galabasiga qo‘shgan xissasi ulkan bo‘lsada, hech kim buni sezmaydi. Bugun e’tiboringizga katta hajmdagi ishni amalga oshirsada, doimmo e’tibordan chetda qoluvchi futbolchi haqida suhbatlashamiz.

 

Rahim Sterling

Ayni damda APLning eng yahshi futbolchisi bo‘lishiga qaramay, Sterlin “oltin to‘p” sovrini uchun kurashda kuchli 10 talikdan ham joy olgani yo‘q. Riyad Marez va Bernardo Silvadan ham ortda qolganiga nima deysiz?! Shunga qaramay, Rahim Pep mashinasining eng muhim detalli ekanligini tan olish lozim.

O‘zining 19 yoshida “Liverpul” jamoasida javlon urgan qahramonimizni Brenden Rojers hujumning turli nuqtalarida sinab ko‘radi. “Shaharliklar” safiga o‘tgach esa, Pelegrini uni qanotda o‘ynashga majbur qildi. Murabbiy undan ortiqcha harakatlarsiz shunchaki to‘p uzatib berishini talab qildi va Sterlingning tezlik, dribbling va bosh zona izlab topish singari qobiliyatlari ko‘rinmay qoldi. Bundan tashqari, Rahim vaziyatlardan foydalanish borasida juda oqsar, bu esa, uning o‘yiniga juda salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmadi.

Jamoa tepasiga Pep Gvardiola kelgach esa, barchasi tamomila o‘zgarib ketdi. Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida qanday olmos bor ekanligini chuqur his etdi va uning uchun maydonda qulayliklar yaratishga tushib ketdi. Avvalroq Rahim kuchli futbolchi bo‘lgan bo‘lsa, Pep qo‘l ostida to‘liq yangilandi. Avvalari qanotdan bir hil uslubda yorib o‘tadigan Sterling o‘z o‘yin uslubini butkul o‘zgartirdi. Endilikda uning arsenali kengaydi va u maydonda yanada erkinroq harakat qilishni boshladi. Aslida Gvardiolaning o‘yin falsafasining natijasi qanot hujumchilarining qay darajada yahshi o‘yin ko‘rsatishiga bog‘liq. Vingerlar qanot bo‘ylab raqiblarni chalg‘itishi va bo‘sh zonalarni paydo qilish lozim. Aynan shu sababli Pep ikki oyoqda ham birdek o‘ynay oladigan futbolchilarni xush ko‘radi. Bunday o‘yinchilar kerakli pallada hujumni qanotdan markazga ko‘chirsa, ba’zan markazdan qanotga “qochib” ortdan kelayotgan futbolchilar uchun bosh zona yaratib berishi mumkin.

Sterling bu borada Pepning barcha talablariga javob bermoqda. Bundan tashqari, uning tezkorligi sababli Uoker va De Bryone uchun maydonda kattagina bo‘shliq paydo bo‘lmoqda. “Siti”ning hujumlarini boshlab beruvchi belgiyalik futbolchining qay darajada yahshi to‘p surishi qaysidir ma’noda Sterling bilan chambarchas bog‘liq.

O‘zgargan uslub

“Liverpul” jamoasidagi o‘yinlari qanchalar yorqin bo‘lmasin, Sterling yakama-yaka vaziyatlarda juda no‘noq va o‘quvsiz edi. 100 foizlik imkoniyatlardan ham foydalana olmagani bois ko‘pincha kulguga qolar, hech kim uni jiddiy qabul qilmas edi.

Gvardiola barchasini to‘liq o‘rganib chiqdi va Sterling uchun yangi davrni ochdi. Hozirda bu muammo deyarli bartaraf etilgan. Endilikda, “Manchester Siti” hujum qilayotganida Sterling qanotdan markazga ko‘chadi va uzatmaga shunchaki oyoqlarini qo‘yadi. Soddaroq qilib aytganda Sterling uzundan-uzoq paslarning yakunlovchi vazifasini bajarmoqda. Uning Gvardiola qo‘l ostida kiritgan gollarning 71 foizi aynan so‘nggi to‘pga teginish ortidan darvozadan joy olgani  so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Pelegrinidan farqli o‘laroq, Pep Sterling uchun bir necha xil qaror qabul qilishi uchun imkoniyat yaratib berdi. Hozirda Sterling qanotdan yorib kirib uzatmani amalga oshirishi, to‘pni markazga ko‘chirib zarba berishi, kerakli pallada Aguyero bilan o‘rin almashib aldamchi to‘qqizlik vazifasini bajarishi mumkin. Hujumdagi rang-baranglik sababli, himoyachilar Sterlingni yopishni uddalay olmayapti va bu gollar sonidagi o‘sishda ham yaqqol namoyon.

Bundan bir necha yil avval Pep Lionel Messini qanotdan markazga ko‘chirish orqali uni yangi darajaga ko‘targani hech kimning yoidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Ayni damda, ham bunday rokirovka Rahim Sterling bilan amalga oshmoqda. To‘g‘ri, Sterling Messi darajasiga ko‘tarilmasligi aniq, biroq undagi o‘sishni ham alohida qayd etib o‘tish joiz. Ayni damda barcha Bernardo Silvaning jozibali o‘yini haqida fikr bildirishni avzal ko‘rmoqda. To‘g‘ri, portugaliyalik futbolchi “Manchester Siti” tarkibida chiroyli o‘yin namoyish etmoqda. Shunday bo‘lsada, hozirgi kunda “Siti” uchun eng katta naf keltirayotgan futbolchi Rahim Sterling bo‘lib turibdi. Pep Gvardiola yana bir necha mavsum Manchester shahrida ushlanib qolsa, Sterling kelajakda “oltin to‘p” uchun kurash olib borishga qodir futbolchiga aylanishiga ishonchimiz komil.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:34, 12.12.2019.
O'qildi: 5116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.