Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘yin paytida jarohat olgan murabbiylar haqida eshitganmisiz?!

O‘yin paytida jarohat olgan murabbiylar haqida eshitganmisiz?!

Baho:
+ | -1

Darhaqiqat, futbol olamida futbolchi yoki darvozabonlarning jarohati olishi tabiiy xol, lekin murabbiylar bundan mustasno. Bugun ana shunday ishni “uddasidan chiqqan” murabbiylar haqida so‘z boradi.

 

Rey Klemens

“Liverpul” jamoasi va Angliya futbolining tirik afsonasi Rey Klemens kim ekanligini Yoshi katta muxlislar bilishadi. “Liverpul” bilan 70-yillarda 5 bor APL va 3 bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan darvozabon bir muddat Angliya terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. 2012-yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida Fransiyaga qarshi uchrashuv oldidan mashg‘ulot o‘tkazgan qahramonimiz yo‘q yerdan jiddiy jarohat ortirib oladi va uni sheriklari qo‘ltiqlab maydondan olib chiqib ketishadi. Ertasi kuni uning oyoqlari muvaffaqiyatli operatsiya qilinadi.

 

Ralf Rangek

Ayni damda “Red Bull Leipsek»jamoasi Germaniyaning ko‘zga ko‘ringan klublaridan biri, lekin bundan 7 yil avvalroq klub 4-dvizionda to‘p suruvchi jamoa edi. 2016-yilda ilk bor Bundesligaga chiqishni uddalagan klubning futbolchi va murabbiylar shtabining xursandchiligining cheki yo‘q edi. So‘nggi turda yo‘llanmani ijobiy hal qilgan “Red Bull” futbolchilari o‘z murabbiylarini qurshab olishadi va uni pivo bilan “cho‘miltirishga” tushib ketishadi. Bunday “mehribonchilikdan” qochishni istagan Ralf Rangek yugurayotgan joyida jarohat ortrib oladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 57 yoshlik murabbiy hazil aralash shogirdlaridan qochayotganda sirpanib ketgan va oyog‘ining son qismi lat yegan ekan. Ushbu voqeadan so‘ng, murabbiy Germaniyda ko‘plab latifalarning bosh qahramoniga aylanib ketdi.

 

Di Franchesko

Italiyaning “Roma” klubi sobiq bosh murabbiyi Eusibio De Franchesko uchun ham bunday noodatiy xolat begona emas. O‘tgan mavsumda “Roma” o‘z uyida “Atalanta”ni qabul qiladi va so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoladi. Kiritilgan golni o‘zgacha nishonlagan murabbiy qo‘llari bilan zahira o‘rindig‘iga qo‘li bilan bir necha bor zarba beradi. O‘yindan so‘ng, murabbiy matbuot anjumaniga emas to‘g‘ri shifoxonaga yo‘l oladi. Ertasi kuni ma’lub bo‘lishicha, Di Francheskoning barmoq suyaklaridan biri sinib ketgan ekan. O‘sha voqeadan so‘ng, qaramonimiz mashg‘ulotlarga bir muddat qo‘li gips holida tashrif buyurushga majbur bo‘lgan edi.

 

Gus Hidding

“Anji” jamoasiga katta pullar ortidan tashrif buyurgan Gus Hiddingga ham bunday jarohatlar begona emas. O‘zining ilk mashg‘ulotlaridan birida futbolchilar bilan birgalikda “kvadrat” o‘ynagan qahramonimiz Shamil Lahiyalov bilan to‘qnashib ketadi va jarohat ortirib oladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, gollandiyalik murabbiyning tizzasi lat yegan ekan. Murabbiyning iltimosiga ko‘ra bu voqea ancha paytgacha sir tutilgan edi, lekin “Anji”ning sobiq futbolchilaridan biri bu sirni oshkor etadi.

 

Antonio Konte

Mashg‘ulotlarda futbolchilardek ter to‘kishni xush ko‘rovchi qiziqqon italiyalik murabbiy ham ushbu ro‘yxatda mavjud. O‘zining “Chelsi”dagi faoliyati davomida qahramonimiz bir nechta mashg‘ulotlatni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lganidan xabaringiz bo‘lmasa kerak. Gap shundaki, London jamoasida ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan qahramonimiz mashg‘ulot jarayonida jarohat ortirib oladi. Futbolchilar bilan birgalikda yugurayotgan chog‘ida uning oyoqlari qayilib ketadi. Futbolchilar yordamida maydon chetiga olib chiqilgan murabbiyning oyoqlari lat yeydi va qisqa muddatga safdan chiqadi. Kontening o‘zi o‘sha hodisa haqida hazil bilan ko‘p bor so‘zlab bergan.

 

Massimiliano Allegri

Italiyalik murabbiylar doimmo mashg‘ulot o‘tkazishda qolganlardan ajralib turishni xush ko‘radigan ko‘rinadi. Alegri “Milan”ni boshqarib yurgan kezlari tonggi mashg‘ulot o‘rniga velosipedda shahar aylanishni hush ko‘rar, va o‘z shogirdlarini har kuni tongda bir soat o‘zi bilan velosipedda sayr qilgani olib chiqar edi. Ana shunday ertalabki sayrlarning birida Alegri muvozanatni yo‘qotib qo‘yadi va o‘zi hos kichik “velohalokat”ga uchraydi. Shogirdlari yordamida klub bazasiga yetib olgan Alegrining son qismi lat yegan va oyoq paylarining cho‘zilgan ekan. Eng qizig‘i shundaki, futbolchilar murabbiy tonggi sayrga bir hafta mobaynida chiqmagan bo‘lsada, o‘zlari bu ishni maromiga yetkazib amalga oshirishadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:56, 12.12.2019.
O'qildi: 4754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.