Rossiyalik sharhlovchi Dmitriy Guberniyev rus klublarining Yevrokubokdagi ishtiroklari haqida fikr bildirdi. So‘nggi 18 yil ichida ilk marotaba Rossiya klublari YECHL va YEL guruh bosqichlarida qolib ketdi.
— Ha! Rossiya klublari so‘nggi 18 yilda ilk marotaba bahorda Yevropada futbol o‘ynamaydi! Bir filda aytilgani kabi: Xavotir olmang, hali bundan yomoni bo‘ladi!, — deb post qoldirdi Guberniyev o‘zining “Telegram” kanalida.













