Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Chelsi»da katta «tozalash» kutilmoqda: Bir qator futbolchilar klubni tark etishi mumkin

«Chelsi»da katta «tozalash» kutilmoqda: Bir qator futbolchilar klubni tark etishi mumkin

Baho:
+1 | -

Londonning «Chelsi» klubi yozgi transfer oynasida tarkibni sezilarli darajada qisqartirishni rejalashtirmoqda. Football Transfers nashri xabariga ko‘ra, bir yo‘la bir nechta futbolchilarning londonliklar bilan xayrlashishi kutilmoqda.

Mudofaa chizig‘idagi o‘zgarishlar

Hozirda «Vest Xem»da ijara asosida to‘p tepayotgan markaziy himoyachi Aksel Disasi «bolg‘achilar»ning doimiy asosiy tarkib o‘yinchisiga aylangan. Agar «Vest Xem» Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qolsa, futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olishi kutilmoqda. Aks holda, «aristokratlar» himoyachi uchun boshqa jamoa izlashiga to‘g‘ri keladi.

Yana bir himoyachi Benua Badiashile ham ketishga yaqin turibdi. 2026 yilning yanvaridan buyon APL bahslarida maydonga tushmagan futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini butunlay yo‘qotgan va klub uni sotuvga qo‘yishga tayyor.

Hujumchilar taqdiri

Myunxenning «Bavariya» klubida ijarada yurgan Nikolas Jeksonning holati biroz mavhum bo‘lib turibdi. Senegallik hujumchi Germaniyada qolishni istayotgan bo‘lsa-da, uning sermahsulligi myunxenliklarni qoniqtirmayapti. Shu sababli Jekson «Chelsi»ga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shuningdek, joriy mavsum Premyer-ligada bor-yo‘g‘i bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Liam Delap ham jamoa talablariga javob bermayapti deb topilgan. Uning ham yozda yangi klubga o‘tish ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Garnacho sotuvga qo‘yilishi mumkin

Klubning eng qimmatbaho aktivlaridan biri Alexandro Garnacho borasida ham muzokaralar bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, argentinalik iqtidor sohibini 40 million funt sterling evaziga sotish varianti ko‘rib chiqilmoqda. E’tiborli jihati, yaqinda iste’foga chiqarilgan Liam Rosenyor futbolchining kelajagi borasida aniq bir qarorga kelmagan edi.

Kiritildi: 13:25, 26.04.2026.
O'qildi: 1668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик