Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Osiyo chempionatida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlang

Osiyo chempionatida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlang

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Butun Osiyo futboli jamoatchiligi diqqat-markazida bo‘ladigan ushbu musobaqada siz – aziz ishqibozlarning qizg‘in qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarimizga yanada ruh va shijoat berishi tayin.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qit’a birinchiligida terma jamoamizni bevosita stadiondan qo‘llab-quvvatlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimizga yaqindan maslahat va ko‘mak berishga tayyor:

- Muxlislarga musobaqa davomida olimpiya terma jamoamiz ishtirokidagi futbol uchrashuvlari uchun chiptalar bepul tarzda taqdim etiladi;

- Tailandda terma jamoamiz ishqibozlari uchun rasmiy fan-klub tomonidan atributikalar taqdim etiladi.

Olimpiyachilarimizni Tailandda qo‘llab-quvvatlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimiz +998901759001 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, viza olish tartibi, safar sarf-harajatlari, qaysi Tur operatorlariga murojaat qilish va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha maslahat olishlari mumkin.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:36, 13.12.2019.
O'qildi: 5453 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик