Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Klopp nima uchun shartnomani uzaytirganini aytdi (intervyu)

Klopp nima uchun shartnomani uzaytirganini aytdi (intervyu)

Baho:
+ | -

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub bilan tuzilgan shartnomani uzaytriganidan xabaringiz bor. Bugun ana shu mavzuda Yurgen Klopp va Pep Gvardiola tomonidan berilgan intervyularni taqdim etamiz.

 

Yurgen siz kontraktingiz uzaytirdingiz. Nima uchun buni aynan hozir amalga oshirdingiz va hal qiluvchi faktor sifatida rol o‘ynaydi?

Siz nima demoqchisiz?

Hal qiluvchchi so‘z qanday yangradi?

Bu nima degani?

Biz sababini bilmoqchimiz?

Shunchaki, bu to‘g‘ri qaror edi. Barchasi juda oddiy. Klub menga buni avvalroq amalga oshirishni taklif qilgan edi. Yaqinda barcha maslalar bo‘yicha kelishib oldik va shartnomani uzaytirishga qaror qildik. Bunga qadar bunday suhbatlar uchun vaqt topilmagan edi. O‘tgan mavsumga qadar jaroyon juda qizg‘in ko‘rinish olgani bois, chalg‘ib qolishni istamadik. Yangi shartnomaning vaqti surilgan bo‘lsada, bu amalga oshdi. Bu juda muhim voqea. Sababi, mening kontraktim futbolchilarning kontraktlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi. Shuningdek, yangi futbolchilarni harid qilishga ham. Yangi futbolchilar albatta murabbiyning yana qancha faoliyat olib borishi bilan qiziqadi. Men shartnomamni uzaytirganimdan xursandman. Yana shuni ma’lum qilishim lozimki, biz shartnomani uzoq muddatg uzaytirdik. Bu yahshilik alomati va barchasi joyida bo‘ladi. Ayni damda haqiqatdan ham baxtliman.

Klubdagi barcha biz shartnomadagi bandlarga rozi bo‘lganimizdan va ushbu qiziqarli sayohat davom etishidan baxtli. Shunday bo‘lsada, biz kelajakda barchasi yengil o‘tadi deb o‘zimizni aldamoqchi emasmiz. Tushunib turibmiz, oldinda bizni yengib o‘tishimiz kerak bo‘lgan muammolar kutib turibdi. Menimcha bu mantiqan to‘g‘ri qaror. Muammolarni jamoani yahshi biladigan va klub haqida tushunchaga ega inson hal eta oladi. Hozirda klub ajoyib holatda va bizda uni yanada rivojlantirish imkoni mavjud. Oldinda bizni ko‘p voqealar kutib turibdi. Biz o‘z akademiyamizni rivojlantirishni rejalashtiryapmiz. Bundan tashqari, yangi stadion haqida ham bosh qotirishga to‘g‘ri kelmoqda. Rahbariyatning yangi rejalari yetarlicha topiladi. Shunday bo‘lsada, yomon kunlar ham bizni kutib turibdi. Ana shunday kunlarda kerakli qarorni qabul qilishimiz lozim. Avvalroq aytganimdek, men bu muammolarni hal etishga qodirman. Endilikda klubdagi voqealar uchun javobgarman. Muammo chiqib qolsa, uni shaxsan o‘zim hal etmoqchiman. Umumiy qilib aytganda, men shartnoma uzaytirilganidan xursandman.

Gvardiola

Yurgen Klopp “Liveprul” bilan yangi shartnoma tuzdi. Bunga qanday fikr bildirasiz va uning jamoasiga qarshi o‘yinlar siz uchun eng og‘ir o‘yinlar qatoriga kiradimi?

Yurgen va albatta “Liverpul”ni shartnomani yana 5 yilga uzaytirishgani bilan tabriklamoqchiman. U bunga haqli.

Aytingchi, siz uchun uning jamoalariga qarshi maydonga chiqish qiyin sinovmi?

Albatta, nafaqat biz uchun balki boshqa klublar uchun ham juda qiyin vazifa. Biz yil davomida kamida ikki bor APL bahsida to‘qnash kelamiz. Shuningdek, kubok uchrashuvlarida ham to‘qnash kelishimiz mumkin. Umumiy qilib aytganda, Yurgenning shu yerda qolishi APL uchun juda foydali.

Manba: sports.ua
Kiritildi: 16:37, 14.12.2019.
O'qildi: 3024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.