Ayni damda o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirgan klublar o‘rtasidagi JCH musobaqasining ham o‘ziga yarasha tarixi mavjud. Ushbu musobaqa ilk bor 2005-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unda musobaqa mezbonlari “San-Paulu” jamoasi g‘olib chiqqan. Xo‘sh, Braziliya klubidan so‘ng, musobaqada yana kimlar g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan? Bugun ushbu savolga javob berib o‘tamiz.
2006-yil - «Internasyonal»
O‘z tarixida ikkinchi bor o‘tkazilgan musobaqa ham Braziliya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda mahaliy «Internasyonal» jamoasi tarkibida Ronaldino va Xavi singari yulduzlari bor “Barselona”dan kichik hisobda ustun kelishga muvaffaq bo‘ladi. Braziliya klubi tarkibida o‘sha paytlari Luiz Adriano porlab chiqqan, va o‘sha musobaqadan so‘ng Yevropga yo‘l olgan edi.
2007-yil - «Milan»
Ushbu musobaqa tarixida ilk bor Yevropa jamoalari ichida “Milan” shohsupaga ko‘tarilishni uddalagan jamoa sifatida tarixda qolishi aniq. Tarkibida Kaka mavjud bo‘lgan klub o‘zining shonli onlaridan esdalik sifatida qo‘lga kiritgan klublar o‘rtasidagi JCH kobogi hali hamon klub muzeyida saqlanmoqda. Finalda «Boko Xuniors» ustidan 4 : 2 hisobida g‘alaba qozongan “Milan”ning gollarining ikkitasiga Inzagi mualliflik qilgan bo‘lsa, Nesta va Kaka o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘yishgan.
2008-yil “Manchester Yunayted”
Ser Aleks Fergusson boshchiligidagi “qizil iblislar” musobaqa davomida ortiqcha qiyinchilikka uchramaydi. Final uchrashuvida Kolumbiyaning «LDU Kito» jamoasiga qarshi maydonga tushgan ingilizlar bir kishi kam bo‘lib ham g‘alabani ilib ketishni uddalashgani tahsinga sazovar. Uchrashuvda yagona bo‘lib qolgan golni esa, UYEyn Runi raqib darvozasiga joylab qo‘yadi.
2009-yil «Barselona»
Pep Gvardiola boshchiligidagi “Barselona”ni o‘sha yili yulduzlar terma jamoasi ham to‘xtatib qolishga qodir emas edi. Pep o‘ylab topgan o‘yin falsafasi futbol inqilobini amalga oshirgan, raqiblar esa, “Barsa”ga qarshi qanday chora qo‘llashni bilamay qolishgan davrlar edi. Final uchrashuvida Veron boshchiligidagi «Estudiantes»ni 2 : 0 hisobida mag‘lub etgan “Barselona” o‘z tarixida ilk bor nufuzli musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritadi.
2010-yil “Inter”
Musobaqa tarixidagi eng zerikarli final o‘yini bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Inter” Afrikaning «Mazembe» jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etadi va ortiqcha qiyinchiliksiz sovrinni o‘zi bilan Milanga olib ketadi. Uchrashuvning 17 daqiqasiga qadar Pandev va Eto‘o tomondan kiritlgan gollar raqibni ruhan sindirib qo‘ygani bois, qolgan vaqt davomida muxlislar faqat bir darvozaga bo‘lgan hujumlarni tomosha qilishga majbur bo‘lishadi.
2011-yil “Barselona”
Pep boshchiligidagi “Barselona” bu paytga kelib o‘z o‘yinini shu qadar takomillashtirgan ediki, finalda Neymarning “Santos”ini yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratadi. O‘sha musobaqa davomida birorta jamoa Katoloniyaliklar darvozasini ishg‘ol qilishni uddalay olmagani e’tiborga molik.
2012-yil «Korintians»
Braziliya klubi uzoq davom etgan Yevropa jamoalarining gegemoniyaligiga qisqa fursat barham berishga muvaffaq bo‘ladi. Ikkita uchrashuvda ham minimal hisobda g‘alaba qozongan klub o‘z boshi uzra klublar o‘rtasidagi JCH sovrinini ko‘tarishga muvaffaq bo‘ladi. Finalda Benitezning “Chelsi”si ustidan g‘alaba qozonilgani esa, sovrinning qiymatini yanada oshirgan desak, adashmagan bo‘lamiz.
2013-yil «Bavariya»
Yup Haynkesning “Bavariyasi” o‘sha yili to‘xtatib bo‘lmas kuchga aylanga, Robben va Ribberilar o‘zining eng pik formasiga chiqib olgan davrlar edi. Tajribali mutaxassisdan so‘ng lub tepasiga kelgan Pep Gvardiolaning “Bavariya”siga finalda Morokashning «Radja Kasablanka» klubi ro‘baro‘ keladi va o‘yin 2:0 hisobida ko‘hna qit’a vakillarining g‘alabasi bilan yakunlanadi.
2014-yil “Real Madrid”
Karlo Anchelotti “Milan” bilan qozonilgan g‘alabadan 7 yil o‘tib, “Real Madrid”ni klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibligiga yetakladi. Final uchrashuvida «San-Lorenso» jamoasini 2:0 hisobida dog‘da qoldirgan klub o‘z tarixida ilk bor ushbu musobaqada g‘olib chiqadi.
2015-yil “Barselona”
Katoloniya klubi tomonidan qo‘lga kiritilgan 3 g‘oliblik ham oldingilari singari ortiqcha muammosiz qo‘lga kiritiladi. Final uchrashuvida Argentinaning «River Pleyt» klubiga qarsh maydonga tushgan “Barsa” ortiqcha qiyinchiliksiz 3:0 natijasi bilan g‘olib chiqadi va o‘z tarixidagi hozircha so‘nggi klublar o‘rtasidagi JCH musobaqasining sovriniga ega chiqadi.
2016-yil, 2017-yil, 2018-yil “Real Madrid”
3 yil davomida musobaqaning oltin medallarini hech kimga bermay keayotgan “qirollik klubi” bu safar tahtni topshirishi aniq. 2016- yilda qit’amizning «Kasimi Antlers» jamoasi ustidan g‘alaba qozongan jamoa bir yil o‘tib Braziliyaning «Gremio»sini finalda taslim qiladi. So‘nggi musobaqa finalida esa, «Al-Ayn» jamoasini yirik 4:1 hisobida dog‘da qoldirgan Solari shogirdlari musobaqada o‘ziga hos rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishadi. Ular nafaqat chempionlik soni bo‘yicha, balki musobaqa tarixida mag‘lub bo‘lmagan klub sifatida qolganlardan ajralib turishibdi.
2019-yil ?
Tan olaylik, barchamiz finalda Yurgen Kloppning “Liverpul”i va Gabriyel Barbozaning “Gremio”si o‘rtasidagi finalni kutyapmiz. Ushbu musobaqada kim g‘olib chiqadi? Tahminlaringizni koment tariqasida qoldiring!