Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

8-26 yanvar kunlari Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etadigan mazkur musobaqada Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Olimpiyachilarimiz ertaga, 16 dekabr sanasidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida musobaqa oldidan yakuniy yig‘in va o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi, so‘ngra Tailandga yo‘l oladi.

Bugun poytaxtimizdagi “Ramada” mehmonxonasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolarini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda keng futbol jamoatchiligi vakillari, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbarlari, taniqli futbolchilar, futbol faxriylari, ota-onalar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Samimiy ruhda o‘tgan marosimda yaqin o‘tmishning mashxur futbolchilari, faxriy sportchilar, shuningdek ota-onalar olimpiya terma jamoamizga oldindagi mas’uliyatli musobaqada omad va zafarlar tilashdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov terma jamoamiz a’zolariga ishonishini ta’kidlab, olimpiyachilarimizni butun mamlakat ahli qo‘llab-quvvatlashini, o‘z navbatida futbolchilar ushbu madadni his etgan holda, har bir uchrashuvda vatanimiz sha’nini munosib himoya qilish uchun maydonga chiqishlari lozim ekanini aytib o‘tdi.

Futbolchilar nomidan so‘zga chiqqan jamoa sardori Islom Qobilov terma jamoamizning har bir a’zosi zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his etayotgani, futbolchilar Osiyo chempionatida g‘olib chiqish uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solishlarini bildirdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:42, 15.12.2019.
O'qildi: 4794 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.