Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

A seriya. «Lasio» 93 va 98-daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi (video)

A seriya. «Lasio» 93 va 98-daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi (video)

Baho:
+1 | -

Italiya chempionatining 16-turi doirasida so‘nggi o‘yin «Kalyari» va «Lasio» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Bahsning 8-daqiqasida Diyego Simeonening o‘g‘li Jovanni Simeone rimliklar darvozasini ishg‘ol qildi.

Butun o‘yin davomida "Lasio" tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi, ammo "Kalyari"ning qarshi hujumlari xavfli chiqdi.

Hakam tomonidan ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5 daqiqa ichida vaziyat butunlay o‘zgarib ketdi. Dastlab Luis Alberto hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+8-daqiqada Kaysedo g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "Lasio" o‘z ochkolarini 36taga yetkazib, peshqadamlar — "Inter" va "Yuventus" ancha yaqinlashib oldi. Endi rimliklar ulardan 3 ochko ortda qolishmoqda.

Italiya chempionati, 16-tur
Kalyari – Lasio 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 8 Simeone, 1:1 – 90+3 Luis Alberto, 1:2 – 90+8 Kaysedo.
Kalyari – Bittenkur, Kachchatore, Pizakane, Klavan, Likoyannis, Nandes, Chigarini (Oliva, 80), Ionise (Farago, 83), Joao Pedro, Nainggolan (Deyola, 90), Simeone.
Lasio – Strakosha, Luis Felipe, Acherbi, Radu (Kaysedo, 80), Lassari, Milinkovich-Savich, Leyva (Kataldi, 64), Luis Alberto, Lulich (Xoni Rodriges, 56), Korrea, Immobile.
Ogohlantirishlar: Luis Alberto (20), Nandes (21), Klavan (32), Ionise (46), Pizakane (56), Kataldi (69), Kaysedo (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:24, 17.12.2019.
O'qildi: 4316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик