Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Ronaldu “Lion” haqida qanday fikrda?

Ronaldu “Lion” haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Turin super klubi va Italiyaning bir nechta rasmiy saytlari “Yuventus” futbolchilarining YECHL qur’asi borasida bildirgan fikrlarini e’lon qilib o‘tdi. Bugun ana shu intervulari e’tiboringizga havola etamiz.

Paulo Dibala

Biz raqib tanlamasligimiz lozim va shunday qilamiz ham. Boz ustiga, ushbu bosqichdagi barcha jamoalar juda kuchli. Bizning uchrashuvni yer yuzida milliolab muxlislar kutazib borishadi va ularning e’tibor markazida bo‘lish uchun yahshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz shart. Bir jamoa bo‘lib harakatlansak, nafaqat ushbu bosiqch, balki musobaqada g‘alaba qozonishni uddalay olamiz. “Lion” yoshlarga tayanuvchi havfli jamoa. Ikkita o‘yinda ham e’tiborsizlik qilmasligimiz shart. Shunday bo‘lsada, bu bosqichdan o‘tishimizga ishonchim komil.

 

Maurisio Sarri

YECHLdagi raqibimiz o‘yin davomida bosh zonalarni yaratishni uddalasa, kuchli raqibga aylanib qoladi. Ular nafaqat tezkor, balki hal etuvchi zarbaga ega futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Aynan shuning uchun ham “Yuventus” ehtiyotkor rejimda to‘p surishi shart. Ochig‘i fransuz klubining kam uchrashuvini tomosha qildim. Hozircha menda ularning o‘yini borasida umumiy tushuncha bor xolos. Ularning tarkibidagi futbolchilarning ba’zilari haqida eshitmaganman ham. Bundan ko‘rinib turibdiki, “Lion”ga qarshi uchrashuv oldidan bizni katta mashtabdagi tayyorgalik jarayonlarni kutib turibdi.

Ronaldu

Biz raqibning kuchsiz tomonlarini izlab topishimiz va ulardan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, bunni uddalay olamiz. YECHL ushbu mavsumda bizning asosiy maqsadimizga aylanib bormoqda. Ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun, qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirish niyatidamiz. Biz guruhda birorta mag‘lubiyatsiz birinchi o‘rinni egalladik va haqli ravishda yahshi kelajakka umid qilishimiz mumkin. Albatta, “Lion” yahshi jamoa, lekin biz bu musobaqada g‘olib chiqishimiz shart.

Manba: Жизнь Футбол, Le Gazzeta Della Sport, Home Juventus.com
Kiritildi: 23:53, 17.12.2019.
O'qildi: 5928 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.