Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari Navoiy viloyatida bo‘lishdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vakillari Navoiy viloyatida bo‘lishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mas’ul mutaxassislari viloyatlarda bo‘lib, hududlardagi bolalar va o‘smirlar futboliga bo‘lgan e’tibor, mavjud shart-sharoit hamda infratuzilmani yaqindan o‘rganayotgani haqida xabar bergan edik.

O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mutaxassislar bu safar Navoiy viloyatida bo‘lishdi va Navoiy futbolining bugungi holati, viloyatdagi futbol ta’lim dargohlarining ish faoliyati bilan tanishishdi.

Xususan, viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi hamda “Qizilqum” klubi qoshidagi bolalar va o‘smirlar futbol maktabida bo‘lgan mas’ul mutaxassislar u yerda futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Navoiy shahridagi “Sputnik” sport majmuasida esa futbol festivali tashkil etildi. Keng jamoatchilik vakillari, futbolchi va murabbiylar ham tashrif buyurgan festivalda Navoiyning barcha tumanlaridan kelgan o‘quvchilardan iborat jamoalar ko‘rgazmali o‘yinlarni namoyish etishdi.

- Yoshlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirish maqsadida ko‘plab tadbirlar, futbol festivallari tashkil etilmoqda. Ushbu sa’yi-harakatlarning davomi sifatida endilikda “Maktablar ligasi” musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazib borishni yo‘lga qo‘yamiz. Unda yurtimizdagi har bir maktabning eng iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Mana shunday musobaqalar orqali yosh iste’dodlar kashf etib boriladi. “Maktablar ligasi” o‘yinlariga seleksionerlar ham tashrif buyurishadi va turli akademiyalar hamda klublar uchun o‘yinchilarni kuzatishadi. Shu tariqa endilikda yurtimizdagi har bir maktab o‘quvchisida ham “Maktablar ligasi” musobaqalarida o‘zini namoyish etib, kelajakda turli yoshdagi terma jamoalarimizdan o‘rin olish imkoniyati mavjud bo‘ladi, - dedi O‘FA Birinchi vise-prezidenti festival qatnashchilari bilan suhbatda.

Festival so‘nggida o‘quvchilarga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan futbol to‘plari, sport liboslari, shuningdek sport jihozlari taqdim etildi.  

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:18, 18.12.2019.
O'qildi: 2337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик