Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Tomas Bax: “XOQ qochqin atletlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi”

Tomas Bax: “XOQ qochqin atletlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ilk bor o‘tkazilayotgan Qochqinlarning Global forumida ishtirok etdi. Mazkur forum qochqinlar masalasi bo‘yicha xalqaro fikr almashish, amalga oshiriladigan ishlarni mas’uliyat bilan bo‘lishib olish maqsadida tashkil qilindi. BMTga a’zo 193 mamlakat vakillari ishtirok etgan forumda Tomas Bax ham nutq qildi.

“Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bir necha yildirki, qochqinlarni sport borasida qo‘llab kelmoqda. 2016 yil Rio Olimpiadasi uchun XOQ qoshida Qochqinlar jamoasi, keyinchalik Qochqinlar Olimpiya fondi ham tuzildi. Tajribadan kelib chiqqan holda shuni bilamizki, urush va quvg‘inlikda o‘sib kelayotgan bolalar uchun sport katta ahamiyatga ega. Sport qochqinlar uchun aniq maqsadlar sari qadam qo‘yish, o‘zini himoya qilish va sog‘lom ulg‘ayish uchun muhim vositadir. Biz qochqin atletlarga har doim imkoniyat yaratib berganmiz va bu yo‘lda davom etamiz. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ham ularning maxsus jamaosi ishtirok etadi”, – dedi Tomas.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:23, 18.12.2019.
O'qildi: 1689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.