Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

YECHL. Chorak finalga chiqish uchun kimda imkoniyat yahshiroq?!

YECHL. Chorak finalga chiqish uchun kimda imkoniyat yahshiroq?!

Baho:
+ | -

Barchamiz intiqlik bilan kutayotgan YECHLning play-off o‘yinlariga qur’a tashlanganidan xabaringiz bor. Xo‘sh, ushbu juftliklar orasida kimni qo‘li baland keladi deb o‘ylaysiz? Bugun juftliklarning umumiy imkoniyatlari va qaysi jamoa musobaqani davom ettirishga qodirligi borasida fikr almashib o‘tamiz.

“Real Madrid” : “Manchester Siti”

2015-yilda Pep Gvardioladan murabbiylik saboqlarini olish uchun Myunhenga qatnagan Zidan va Gvardiola o‘rtasidagi ilk uchrashuv barchada katta qiziqish uyg‘atoyatgani aniq.

Zidan so‘nggi 5 yil ichida ushbu musobaqada 3 bor g‘olib chiqqanbo‘lsa, Gvardiola deyarli 10 yildan beri chempionlik shoxsupasiga chiqishni uddalay olmayapti. Boz ustiga, ushbu mavsumda APLdagi ishlar ham biroz orqaga ketgan. Jarohatlangan futbolchilar haqida-ku, gapirmasak ham bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, bu juftlikda imkoniyat biroz “shaharliklar”da ko‘proq. “Real Madrid” qanchalar nomdor raqib bo‘lmasin, Gvardiola jamoasi ancha uyushqoq va barqaror o‘yin namoyish etadi.

“Real Madrid”da esa, yechimini topmagan muammolar yetarlicha. Kroos va Modrichning yoshi o‘tib qolgan bo‘lsa, Azar va Beyl yetakchilikni qo‘liga olishni uddalay olmayapti. Eng muhimi esa, ushbu mavsumda “Real Madrid” asosiy e’tiborni chempionlikni ortga qaytarishga qaratadigandekko‘rinmoqda. “Manchester Siti” esa buning tamomila aksi. APL g‘olibligi qo‘ldan chiqib ketgach, bor e’tibor xalqaro maydondagi chempionlikka qaratilsa, ajab emas.

“Atalanta” : “Valensiya”

Italiya klubi guruh bosqichini 3 ta mag‘lubiyat bilan boshlaganiga qaramay, keying bosqichga yo‘l olganidan xabaringiz bor. Ayni damda bu klubni Italiyadagi eng yorqin jamoa deb atay olamiz. Birorta mashxur nomlarsiz ham jangovar ruhda maydonga tushadigan yigitlar klub tarixida ilk YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi va birinchi urunishdayoq play-off yo‘llanmasiga ega chiqishdi.

“Valensiya” bu juftlikda nomdorroq bo‘lsada, ayni damda “Atalanta”ni fovorit desak, adashmagan bo‘lamiz. Ispanlar ichki birinchilikda birin-ketin ochko tarqatishgani yetmaganidek, YECHL guruh bosqichida ham yorqin o‘yin ko‘rsata olishmadi.

“Chelsi” : “Bavariya”

Bu jamoalar so‘nggi bor Myunhenda bo‘lib o‘tgan YECHL finalida (2012-yil)to‘qnash kelishgan edi. Uchrashev mezbonlarning alamli mag‘lubiyati bilan yakunlangani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas

Ayni damda Lempard boshchiligidagi banda chiroyli va tomoshobop futbol namoyish etmoqda. “Bavariya”da esa, muammolar yetarlicha topiladi. Shunday bo‘lsada, bu juftlikda Myunhenliklarning qo‘li baland keladiganga o‘xshamoqda. Tamori, Abraham, Mount Jeyms va boshqa ko‘plab futbolchilar uchun ilk professional mavsum davom etmoqda. «Qon ko‘rmagan» yigitlarning YECHLdagi eng tajribali jamoa - “Bavariya”ni yengishiga ishonish qiyin. Bu qarama-qarshilikda katta ehtimol bilan tajriba o‘z so‘zini aytadi. Agarda qandaydir mo‘’jiza amalga oshmasa, “Chelsi”da musobaqani shu bosiqichda to‘xtatishdan boshqa chora yo‘q.

“Tottenhem” “RB Leypsig»

Shu kunga qadar “Shporlar” YECHL play-offlarida 9 bor nemis klublari bilan to‘qnash kelgan edi. Bu hisob bo‘yicha 10-to‘qnashuv. Boshqa birorta davlat klublari “Tottenhem” bilan bu qadar ko‘p play-offlarda to‘qnash kelmagan.

Bir qarashda, Mourinyo effekti g‘olib taqdirini hal etishi mumkindek tuyular, biroq Bundesliga yetakchisini hisobdan chiqarishga erta. Ayni damda “Leypsig» barqaror va yuqori tempda to‘p surib kelmoqda. Yosh va g‘oyalarga to‘la murabbiy va eski maktab murabbiyi o‘rtasidagi kurash qanday ko‘rinish olishini tahmin qilish biroz mushkul. Agar Joze YECHL play-offbahslariga qadar jamoa ichki muhitini yahshi ushlab tursa, ularni fovoritlar qatoriga qo‘shish mumkin, hozircha bu juftlikda xulosga erta.

“Borussiya Dortmund” : PSJ

Tomas Tuxel o‘zini mashxur qilgan jonajon klubiga qarshi ilk bor to‘qnash keladi. Bu omil kimning foydasiga ishlashini esa vaqt ko‘rsatadi.

Tarkib borasida PSJ nemislardan ustunroq ko‘rinishi mumkin, lekin o‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted” bilan nimalar bo‘lgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Tarkibida super yulduzlar bo‘lishga qaramay, PSJ YECHL o‘yinlarida juda beqaror o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda. Antonio Kontening “Inter”ini guruhda qoldirib ketgan klub istalgan jamoa uchun bosh og‘riq bo‘lishga qodir.

 

“Atletiko Madrid” : “Liverpul”

Bu jamoalar so‘nggi bor 2010-yilda “Evropa Ligasi” yarim finalida to‘qnash kelishgan va finalga “matraschilar” yo‘l olishgan edi. Bundan tashqari bu Klopp va Simione o‘rtasidagi ilk qarama-qarshilk sifatida tarixda qolishi aniq.

“Atletiko”qanotlarda kuchli pressing ishlatish orqali Salah va Maneni safdan chiqarishga urunadi. Katta ehtimol bilan gollarga boy bo‘lmagan ikkita uchrashuvni tomosha qilsak, ajab emas. “Atletiko”ning hujumdagi ishonchsiz o‘yini va “Liverpul”ning “daxshatli” sport formasini inobatga olsak, “Liverpul” bu juftlikda yaqqol fovoritga aylanadi. Shunday bo‘lsada ispan klublari play-off o‘yinlarida juda xavfli ekandigini unutmaslik lozim.

 

“Lion” : “Yuventus”

Yuqorida nomi zikr qilingan juftliklar orasidan farqli o‘laroq bu to‘qnashuvda “Yuventus”nin yaqqol fovorit ekanligi aniq. Ayrim grandlardan farqli ravishda“Yuve” nisbatan kuchsizroq jamoalarni yengishda ortiqcha muammo his etmaydi. Boz usitga bu klublar o‘z tarixlarida 4 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, “Lion” uchrashuvlarning birortasidag‘olib chiqmagan.

“Zenit” va “Benfika”dan guruh bosqichida mag‘lubiyat qabul qilib olgan fransuzlarda “Yuventus”ni yengish uchun imkoniyatning o‘zi yo‘q.

 

“Barselona” : “Napoli”

Gattuzo qanday qilib Karlo Anchelottining o‘rnini egallashi mumkinligi haqida soatlab bosh qotirish mumkin, biroq klub rahbarlari aynan taktika borasida yahshi tushunchaga ega bo‘lmagan Gatuzzoni tanlashgani juda qiziq.

Bu juftlikda “Barselona” yaqqol fovorit ekanligi kundek ravshan. Katoloniyaliklar o‘z o‘yin uslubiga to‘liq tayanishsa, birinchi uchrashuvning o‘zidayoq barcha masalga oydinlik kiritib qo‘yishlari turgan gap. Shunday bo‘lsada Katoloniyaliklar so‘nggi play-offdagi mag‘lubiyatlarining ikkitasini aynan “A Seriya" Jamoalaridan qabul qilib olganini unutmasliklari lozim.

Я . У

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:04, 18.12.2019.
O'qildi: 11064 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.