Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Dibala va Ronalduning gollari «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi (videosharh)

Dibala va Ronalduning gollari «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Bugun Italiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tadi. "Yuventus" safarda "Sampdoriya" klubi mehmoni bo‘lib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida mezbonlar o‘z jarima maydonlari ichida Dibalani yolg‘iz qoldirishdi. Paulo esa aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bahsning 35-daqiqasida esa maydon egalari Kaprarining goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Birinchi taymning so‘nggi daqiqasida Ronaldu chiroyli gol muallifiga aylandi. Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga baland sakrab, bosh bilan darvozani zabt etdi. O‘sha vaziyatda portugaliyalik futbolchining oyog‘i yerdan 71 santimetr yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lsa, to‘p 2,56 metr balandlikda bo‘lgan.

Ikkinchi bo‘limda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va Sarri shogirdlari g‘alabani saqlab qolishdi.

Italiya A seriyasi, 17-tur
Sampdoriya – Yuventus 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 19 Dibala, 1:1 – 35 Kaprari, 1:2 – 45 Ronaldu.
Sampdoriya – Audero, Murru (Audjello, 76), Ferrari, Murilyo, Depaoli (Leris, 50), Linetti, Torsbyu, Ramires, Yankto (Gabbyadini, 61), Kaprari, Kolli.
Yuventus – Buffon, Demiral, Bonuchchi, Aleks Sandro (De Shilyo, 82), Danilo, Matyuidi, Pyanich, Rabyo, Ronaldu, Iguain (Remzi, 69), Dibala (Duglas Kosta, 77).
Ogohlantirishlar: Yankto (43), Pyanich (59), Murilyo (61), Demiral (76), Kaprari (76), Ramires (90).
Chetlatish: Kaprari (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:06, 19.12.2019.
O'qildi: 8163 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик