Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Darvoqe, bilasizmi? Yanvar oyida yana bir marta «el-klasiko» tomosha qilishimiz mumkin

Darvoqe, bilasizmi? Yanvar oyida yana bir marta «el-klasiko» tomosha qilishimiz mumkin

Baho:
+ | -

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi o‘yin muxlislarga kutilgan shiddatni bera olmadi. Ko‘pchilik bu uchrashuvga "zerikarli" o‘yin deya ta’rif berdi. Lekin xafa bo‘lishga o‘rin yo‘q, oradan 3 hafta o‘tib biz yana bir "el-klasiko"ga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Xabaringiz bor, Ispaniya superkubogi ilk marta o‘zgacha formatda o‘tkaziladi. Unda 4ta jamoa ishtirok etadi: Ispaniya chempioni ("Barselona"), Ispaniya kubogi g‘olibi ("Valensiya"), La ligada 2-o‘rin ("Atletiko") va 3-o‘rin ("Real") sohiblari. Musobaqa 8-12 yanvar Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tkaziladi.

Tashlangan qur’a natijasida yarim finalda quyidagi jamoalar to‘qnash kelishadi:

"Valensiya" - "Real Madrid" (8 yanvar)
"Barselona" - "Atletiko" (9 yanvar)

"Qirollik klubi" va "ko‘k-anorranglilar" yarim finalda g‘alaba qozonishsa, 12 yanvar kuni bo‘ladigan finalda bizni "klasiko" kutmoqda! Bu galgi to‘qnashuv g‘olib jamoaga sovrin taqdim etadi.

P.S. Bu safar "Real" finalga chiqadigan bo‘lsa, raqibiga nisbatan 1 kun ko‘proq dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

P.S.-2. Ushbu haftada La liganing 18-tur o‘yinlari o‘tkaziladi va shundan so‘ng musobaqa 2 haftaga ta’tilgan chiqadi. 3-5 yanvar kunlari chempionatining 19-tur o‘yinlari o‘tkazilgach, Ispaniya superkubogi uchun Primeroda yana 2 haftalik tanaffus yuzaga keladi.

P.S.-3. Ikkinchi davrada "Santyago Bernabeu"da o‘tkaziladigan keyingi "el-klasiko" 1 mart kuniga belgilangan.

Manba: www.stadion.uz.

P.S.-4 P.S.-5, P.S.-6... ларни сиз давом эттирасиз.

Kiritildi: 11:09, 20.12.2019.
O'qildi: 10512 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик