Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger «Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Salohning o‘yinlari haqidagi fikrini bildirdi.
— Menga uning rivojlanishi yoqmoqda. «Monterre» klubiga qarshi o‘yinda u pleymeyker vazifasini bajardi. Raqib jarima maydonchasi ichida ajoyib vaziyatlarni sodir etdi va Messini eslatib yubordi. Quvonarlisi shundaki, u nafaqat ko‘p gollar uradi, balki juda ko‘plab golli paslarni ham amalga oshiradi. U ajoyib futbolchi. Aynan shunday fazilatlar barchamizni hayratga soladi va buni barcha futbolchilardan istaymiz, —Vengerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda beIN Sport.













