Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Abduvohid Ne’matov: «Olimpiya terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushadi»

Abduvohid Ne’matov: «Olimpiya terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushadi»

Baho:
+ | -

8 yanvar kuni Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.

Mazkur musobaqada Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Olimpiyachilarimiz ayni paytda musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini BAAda olib bormoqda.

Terma jamoamiz posboni Abduvohid Ne’matov O‘FA rasmiy saytiga musobaqaga tayyorgarlik jarayoni qanday ketayotgani xususidagi fikrlarini bildirdi:

- Osiyo chempionati boshlanishiga oz vaqt qoldi. Terma jamoamiz turnirga jiddiy tayyorgarlik olib boryapti. Yigitlarda kayfiyat hamda jamoadagi ichki muhit a’lo darajada. Yigitlar bir-birlari bilan juda inoq. Mashg‘ulotlarda barcha 100 foiz kuch bilan mehnat qilyapti. Zero hech narsa o‘z o‘zidan kelmaydi. Barcha muvaffaqiyatni ortida mashaqqatli mehnat yotadi. Shuning sabab maqsadimizga yetish uchun yanada ko‘proq ishlashga harakat qilyapmiz.

Maqsadimiz – Tokio olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish va bu orqali yangi tarix yaratish. Tokioga borish uchun esa Osiyo chempionatida g‘oliblar qatorida o‘rin olishimiz lozim. Bu oson bo‘lmasligi tayin. Lekin yurtimizdagi ko‘plab muxlislar, ota-ona va yaqinlarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab turishadi. Shuning uchun ham har bir uchrashuvda faqat va faqat g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz.

Jamoada yigitlar juda inoq. Yagona oila bo‘lib qit’a chempionatida munosib ishtirok etish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz. Men ham qo‘limdan kelgancha terma jamoamizga foyda keltirishga urinaman, - deya ta’kidladi 18 yoshli darvozabon.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:44, 20.12.2019.
O'qildi: 2994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.