Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

La liga. «Real» ketma-ket uchinchi o‘yinda durang o‘ynadi

La liga. «Real» ketma-ket uchinchi o‘yinda durang o‘ynadi

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Atletik"ni qabul qildi.

Zidan shogirdlari birinchi bo‘limda kamida uchta yuz foizli imkoniyatdan foydalana olishmadi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Vinisius yakkama-yakka vaziyatga chiqib zarba berdi, mehmonlar posboni Unay Simon oyog‘i bilan to‘pni qaytardi.

Oradan 8 daqiqa o‘tib Ttoni Kroos ajoyib yurish bilan raqib jarima maydoniga kirdi va darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi.

34-daqiqada esa Karim Benzema "Atletik" posboni bilan yakkama-yakka vaziyatda Unay Simonni aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Himoyachi Nunyes esa tovoni bilan to‘pni qaytarib qoldi. Qaytgan to‘pni Vinisius egallagandi, ammo boshqa himoyachi undan to‘pni olib qo‘yib, xavfni bartaraf etdi.

"Atletik"-chi? Ular tanaffusga qadar ikkita xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Bir vaziyatda yo‘llangan zarbani Kurtua egallab oldi. Ikkinchisida esa Inyaki Uilyams "Real" darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo u to‘pni qabul qilish chog‘ida kichik ofsaydda bo‘lgani uchun gol bekor qilindi.

Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida yana bir marta mehmonlar darvozasi to‘sinini titratdi. Kroos burchakdan to‘pni o‘yinga kiritganidan so‘ng Nacho yaqin masofadan bosh bilan zarba bergan edi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida Yovich penalti nuqtasi ustidan bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p esa bu safar ustunga tegib qaytdi.

Shu tariqa, "Real" katta ustunlikka ega bo‘lishiga qaramay, "Atletik"ga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotdi. Bungacha Zidan jamoasi "Valensiya" va "Barselona" bilan durang o‘ynagan edi. "Qirollik klubi" 2019 yilni 37 ochko bilan La liga jadvalida 2-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 18-tur
Real Madrid – Atletik 0:0 (0:0, 0:0)
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Militao (Nacho, 57), Karvaxal, Mendi, Kroos, Modrich, Rodrigo (Beyl, 62), Valverde, Vinisius Junior (Yovich, 72), Benzema.
Atletik – Unai Simon, Berchiche, Martines, Yeray Alvares, Lekue, Raul Garsiya, Vesga, Dani Garsiya, Nunyes, Kodro (Vilyalibre, 73), Uilyams (Benyat, 86).
Ogohlantirish: Ramos (87).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:56, 23.12.2019.
O'qildi: 4209 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик