Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Lempard: «Konte uslubi? Futbochlilarning yarmi Antonio paytida yo‘q edi»

Lempard: «Konte uslubi? Futbochlilarning yarmi Antonio paytida yo‘q edi»

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard «Tottenxem» ustozi Joze Mourinyo tomonidan aytilgan «ko‘klar» Antonio Konte uslubida o‘ynagani haqidagi fikrga o‘z munosabatini bildirdi.

«Konte uslubi? Yo‘q, bugungi o‘yinga uning aloqasi yo‘q. Ishonchim komil, maydonga tushgan futbolchilarning yarmi Konte paytida yo‘q edi. Masalan, Tomori, Maunt, Abraxam avvalgi murabbiy paytida o‘ynamagan edi. Men kimningdir o‘yin uslubidan nusxa olishga harakat qilmayman.

Aslida esa Kontening uslubi zo‘r bo‘lgan edi, deb o‘ylayman. Chunki u «Chelsi»ga APL g‘olibligini taqdim etgan.

Mening uslubim esa Kontenikidan farq qiladi. Biz 4-3-3 taktik sxemasida o‘ynar ekanmiz, kimning uslubidan nusxa olish oson emas.

Gap shundaki, «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda bu uslub bizga himoyalanish va hujum qilishga imkon berarmidi? Bu mening tanlovim edi. Futbolchilar mening rejamni yaxshi tushunishdi», – dedi Lempard.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:23, 23.12.2019.
O'qildi: 3464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик