Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

“Metallurg” murabbiylari Turkiyada malaka oshirib qaytishdi

“Metallurg” murabbiylari Turkiyada malaka oshirib qaytishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga klublari murabbiylari 2018 yildan e’tiboran “Pro” murabbiylik lisenziyasi uchun o‘quv kurslaridan tahsil olishganligidan xabaringiz bor.

Mazkur o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich o‘tkazildi. Uning yakuni esa murabbiylarning xorij klublarida malaka oshirib kelishlari bilan intiho topdi. Bekobodning “Metallurg” jamoasi murabbiylari Fevzi Davletov hamda Artyom Petrosyan xorij malakasini Turkiyaning “Qosimposhsho” klubida o‘tashdi.
“Qosimposhsho” Turkiyaning “qariya” klublaridan biri bo‘lib, unga 1912 yilda asos solingan. Uy o‘yinlarini 14000 tomoshabinga mo‘ljallangan “Rajab Tayip Erdo‘g‘on” nomidagi stadionda o‘tkazadi. Ayni paytda jamoaga Tayfur Hovutchi ustozlik qilmoqda. Tayfur uzoq yillar “Beshiktosh” sharahifini himoya qilgan (245 uchrashuv, 7 gol), murabbiylik faoliyatini ham qadrdon jamoasida boshlagan. 2006-2011 yillarda bosh murabbiy yordamchisi, 2011-2012 yillarda bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. 2017-2019 yillarda esa Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi sifatida ish olib bordi. 2019 yildan esa “Qosimposhsho” klubini qabul qilib oldi.

Murabbiylarimizning Turkiyaga safari juda samarali kechdi. Ular mazkur klubning o‘quv-mashg‘ulot jarayoni, bazasi, bevosita Superligadagi o‘yinlarini kuzatishdi. Bir so‘z bilan aytganda, taniqli klubdagi sakkiz kunlik safar juda samarali bo‘ldi. Ishonamizki bu to‘plangan tajribalar mutaxassislarimizga ichki chempionat o‘yinlarida asqotadi.

Manba: Металлург матбуот хизмати
Kiritildi: 17:35, 23.12.2019.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик