Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Xavi Martines Germaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi taxminan 6 haftani o‘tkazib yuboradi. Shu sababli, Martines jamoaning Doxadagi yig‘inini ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.