Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Eldor Shomurodov qishda jamoani tark etadimi?

Eldor Shomurodov qishda jamoani tark etadimi?

Baho:
+2 | -

Rossiyaning «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekistonning eng yahshi futbolchisi deb e’tirof etilganidan xabaringiz bor. Taqdirlash marosimidan so‘ng, futbolchini suhbatga tordik.

Ushbu mavsumda chinakamiga o‘sishga erishdingiz. Buning sababi nima deb hisoblaysiz?

Sababi? Menimcha muxlislar va murabbiylar ishonchi. Aynan ularning qo‘llab-quvvatlashi menga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Ayni damda, o‘zimni juda yahshi his etyapman. Umid qilamanki, mavsumning qolgan qismini ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazaman.

«Rostov» jamoasida qolishni rejalashtiryapsizmi?

Hozirda klub bilan tuzilgan shartnomam mavjud. «Rostov»da juda baxtliman. Musobaqa jadvalida biroz pastlagan bo‘lsakda, barchasini o‘nglash uchun yetarlicha imkoniyatlarga egamiz. Shunday ekan, bor e’tiborimni o‘z klubimdagi o‘yinlarga qaratishimiz lozim.

Qishki transferlar chog‘ida kuchliroq chempionatlarda to‘p suruvchi klublardan taklif tushib qolsachi?

Nima bo‘lgan taqdirda ham qishki transferlar chog‘ida hech qayerga ketmayman. Agarda boshqa jamoaga o‘tsam ham, bu yozda amalga oshadi. Hozircha «Rostov» klubi futbolchisiman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:43, 24.12.2019.
O'qildi: 9179 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик