Le10sport saytining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Fransiyaning "Monako" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga Unai Emerini olib kelmoqchi.
Klub rahbariyatining Leonardu Jardimga bo‘lgan ishonch kundan-kunga so‘nib bormoqda, chunki jamoaning qayd etayotgan natijalari havas qiladigan darajada emas.
To‘g‘ri, hali Emeri bu taklifga rozilik bermadi, chunki u hali murabbiylik sohasida ishlashga tayyor emas.













