Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ronaldu futbol nazariyalarini barbod qilmoqda

Ronaldu futbol nazariyalarini barbod qilmoqda

Baho:
+1 | -

Fevral oyida Krishtiyanu Ronaldu 35 yoshga to‘ladi. Uning yoshidan Raul Qatarda to‘p surgan bo‘lsa, Ronaldinyo plyaj futboliga o‘tib ketgan edi. Krishtiyanu barchamizning inson imkoniyatlari haqidagi qarashlarimizni o‘zgartirib 41 yoshga qadar to‘p surishga vada bermoqda. Biz uning super professional ekanligi haqida ko‘p maqolalar o‘qiganmiz. Uning kuchli diyetasi va uyda o‘tkazadigan mashg‘ulotlari haqida juda uzoq so‘zlash mumkin. Bu jarayonlar aks etgan videoroliklar internetda “to‘lib” yotgan bo‘lsada, boshqa futbolchiga naf berishi juda mushkul. Sababi, bunday mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun Ronaldu singari futbolga mukkasidan ketgan bo‘lish talab etiladi!

“Sporting”dayoq kichik Ronaldu mashg‘ulotlarda “telba”lardek shug‘ullanar edi. Yoshlar ligasidagi bahslardan oldin, Krish yashirin tarzda mashg‘ulotlar zaliga kirib olar, va tunni o‘z ustida ishlash bilan o‘tkazar edi. O‘zining o‘qdek zarbalariga ega bo‘lish uchun esa, deyarli 10 yil davomida mashg‘ultlardan so‘ng, qo‘lib qo‘shimcha mashqlar bilan shug‘ullanar, uning hayolida futboldan boshqa hech narsaga o‘rin yo‘qdek edi go‘yo.

“Manchester Yunayted”ga o‘tgach, futbolchi o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolgani yo‘q. Uning mashg‘ulotlardan so‘ng, qolib ishlashiga klub ruhsat beradi va jamoaning 3-darvozabonini ham qo‘shib beradi. Eng qizig‘i shundaki, portugaliyalik yuluz zahira darvozabonlari bilan ishlashdan bosh tortgan ekan. Edvin van Der Sarning aytishicha, u Ser Aleksga : “Men eng yaxshisi bo‘lishim uchun, eng yaxshi futbolchilar bilan mashq qilishim kerak” degan ekan. Tasavvur qilyapsizmi? 19 yoshlik bolakay, o‘sha davrning eng mashxur murabbiyiga o‘z shartlarini qo‘ymoqda? Ko‘p o‘tmay, gollandiyalik darvozabon mashg‘ulotlardan so‘ng, Krish bilan yana bir necha o‘n daqiqalarga ushlanib qolishdan boshqa chora topa olmay qoladi.

2006-yilda qahramonimiz Patris Evrani o‘z uyiga taklif qiladi. Fransiyalik futbolchi mazzali va to‘yimli Portugaliya oshxonasidan tatib ko‘rish ilinjida mehmonga keladi va o‘z ishidan juda afsuslanadi. Evraning aytishicha, o‘sha kuni Ronaldu uni diyetik taomlar bilan mehmon qiladi va yarim tunga qadar mashg‘ulotlar zalida olib qoladi. Ertasi kuni Evra uning noproffesional tarzda mashg‘ulot o‘tkazishini “telbalik”deb atagani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa, ajab emas. Bugungi kunga kelib ham barchasi o‘zgaramagan desak, adashmagan bo‘lamiz. “Yuve” safida “Atalanta”ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushgan Ronaldu gol kiritadi. Uchrashuv yakunlaganida soat tunggi 11 dan oshgan bo‘lsada, yana mashg‘ulotlar zaliga yo‘l olgan portugaliyalik futbolchi o‘z harakatlarini xatto terlamganini va bu uning uchun juda muhim ekanligi bilan oqlagan edi. Darhaqiqat, uning doimmo birinchi bo‘lishga intilishi juda yoqimli xolat, biroq futbolga mukkasidan ketgan insonning o‘zini juda ham yaxshi ko‘rishini unutmaslik lozim. Ronaldudagi ego haqida uning sobiq jamoadoshi Rio Ferdinand shunday degan edi: “U soch turmaklarini qo‘li bilan to‘g‘irlagancha oyna qarshisida turibdi. Nuqul o‘z aksiga qarab jilmayadi va sen eng chiroyli yigitsan deb o‘ziga o‘qitirardi..,”

Darhaqiqat, Ronalduning uzoq vaqt o‘z sport formasini cho‘qqida ushlab qolishga muvaffaq bo‘lganing zamirida boshqa omillar ham mavjud. Uning telbalarcha o‘tkazgan mashg‘ulotlari ortida keragidan ortiq narsissizmning ham ta’sir bor. Nima bo‘lgan taqdirda ham, insoniyat 21 asr davomida o‘rnatgan, biroq yozilmagan qonunlarning barchasi Ronaldu tomonidan barbod etilmoqda. Agar qahramonimiz yana 3 yoki 4 yil yuqori sifatli futbol namoyish etsa, uning mashg‘ulotlarini qo‘rqmay fan sifatida o‘rganish mumkin!

Manba: spoprts.ru
Kiritildi: 10:44, 26.12.2019.
O'qildi: 12272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.