Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Alaves 2-3 Valyadolid
19/10 15:00 Lokomotiv 2-3 Bunyodkor
19/10 16:30 Tottenhem 4-1 Vest Xem
19/10 17:00 Atletik Bilbao 4-1 Espanyol
19/10 17:15 Metallurg 0-0 Andijon
19/10 18:00 Komo 1-1 Parma
19/10 18:00 Jenoa 2-2 Bolonya
19/10 19:00 Fulhem 1-3 Aston Villa
19/10 19:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
19/10 19:00 Nyukasl 0-1 Brayton
19/10 19:00 Sautgempton 2-3 Lester
19/10 19:15 Osasuna 1-2 Betis
19/10 19:15 Ipsvich 0-2 Everton
19/10 21:00 Milan 1-0 Udineze
19/10 21:30 Jirona 0-1 Real Sosyedad
19/10 21:30 Bornmut 2-0 Arsenal
19/10 23:45 Yuventus 1-0 Lasio
20/10 00:00 Selta 1-2 Real Madrid
20/10 15:00 Neftchi - Navbahor
20/10 15:30 Empoli - Napoli
20/10 17:00 Malyorka - Rayo Valyekano
20/10 17:15 Olimpik - Qizilqum
20/10 18:00 Lechche - Fiorentina
20/10 18:00 Venetsiya - Atalanta
20/10 18:00 Vulverhempton - Manchester Siti
20/10 19:15 Atletiko - Leganes
20/10 20:30 Liverpul - Chelsi
20/10 21:00 Kalyari - Torino
20/10 21:30 Vilyarreal - Xetafe
20/10 23:45 Roma - Inter
21/10 00:00 Barselona - Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona - OKMK
21/10 23:45 Verona - Monsa
22/10 00:00 Valensiya - Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Chelsi” katta transferga qo‘l urmoqchi

Londonning “Chelsi” klubi qishki transferlar chog‘ida o‘z tarkibini 3 ta hujumchidan biri bilan kuchaytirib olmoqchi.

“Aristokratlar” nishonida “Borussiya Dortmund” hujumchisi Jeydon Sancho turibdi. Klub futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor, biroq ushbu transfer qishda amalga oshmasa, klub o‘z e’tiborini boshqa hujumchilarga qaratmoqchi.

Jamoa shuningdek, “Kristal Pelas” hujumchisi Zaha va “Leypsig» forvordi Timo Vernerni ham e’tibor markazidan qochirmayapti. Ushbu hujumchilar uchun klub tahminan 60-70 million atrofida pul to‘lashga tayyor. “Exspress” nashri bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, “Chelsi” qishda o‘z arkibiga Zahani qo‘shib olish imkoniyati qolganlarnikidan ko‘proq. Gap shundaki, angliyalik futbolchining o‘zi tezroq top klublardan biriga o‘tish ishtiyoqida yonmoqda.

“Milan” “Arsenal” futbolchisiga da’vogar

Milanning “Milan” klubi qishki transferlar chog‘ida o‘zining asosiy maqsadini belgilab oldi”-deb xabar bermoqda “transfermarket” nashri.

Unga ko‘ra, klub “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakani harid qilish ishlarini boshlab yuborgan. Klub yarim himoyachi uchun 40 million yevrodan voz kechishga tayyor. Shuningdek, yarim himoyachi uchun Germaniyaning “Gerta” klubi ham da’vogarlik qilmoqda. Nemis klubi shvetsariyalik futbolchi uchun 45 million yevro tavol puli to‘lashga ham rozi.

Ayni damda futbolchining agenti va o‘z mijoziga yangi klub izlash bilan band. Eslatib o‘tamiz, Jaka ushbu mavsumni “to‘pchilar” sardori sifatida boshlagan va muxlislar bilan bo‘lib o‘tgan mojorodan so‘ng, sardorlik bog‘ichidan mahrum qilingan edi.

Edinson Kavanining kelajagi ma’lum

Parijning PSJ jamoasi hujumchi Edinson Kavani faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Unga ko‘ra, urugvaylik hujumchi Madridning “Atletiko” jamoasi futbolchisiga aylanadi. Tomonlar qishk transfer oynasi chog‘ida futbolchining Madriddagi shartnomasi borasida kelishuvga erishgan va hujumchi kelasi yil yozda Ispaniya klubiga erkin agent maqomida o‘tadi.

“Soccer” nashri bergan xabrlarga qaraganda, Kavanining Madriddagi yillik maoshi 12 million yevroni tashkil etadi va shartnoma 2023-yilgacha imzolanadi.

“Barselona” qishki transferlar uchun qancha ishlatishi aniq

Katloniyaning “Barselona” jamoasi rahbariyati klub qishki transferlarni amalga oshirishi uchun pul ajratadigan ko‘rinadi. Rahbariyat jamoadan sotib olinadigan futbolchining Yoshi 25 dan kichik bo‘lishini talab qilmoqda.

“Sports.es” nashri bergan axborotlarga qaraganda, klub ushbu pullarga PSJ klubining 17 yoshli futbolchisi Odil Oshishni qo‘lga kiritishga urunib ko‘radi. Yosh iqtidorli futbolchining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi kelasi yili o‘z yakuniga yetadi. Fransiya klubi iqtidorli Odilga yangi shartnoma taklif qilganiga qaramay, qahramonimiz shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan.

Agarda, PSJ Oshishni qishda sotib yubormasa, yozda uni tekinga qo‘yib yuborishdan boshqa chora topa olmaydi. “Barselona” skautlari futbolchining o‘yinlarini bir necha bor stadionda kuzatishga ham ulgurganini inobatga olsak, qishda klub yana bir kelajagi porloq futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, “Barselona” Odilning transferi uchun tahminan 10 million atrofida tavon pul to‘lashni mo‘ljallamoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etmamiz.

Anchelotti “Everton”ga o‘z shogirdini olib kelmoqchi

Liverpulning “Everton” jamoasi qishki transferlar chog‘ida dunyoning eng qimmat himoyachisi safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Klubning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Napoli”dagi sobiq shogirdi Kalidu Kulibalini qishki transferlar chog‘ida tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. “Napoli” klubidagi inqilob chog‘ida, klub rahbari Aurelio De Laurentis barcha yulduzlarni sotib yubormoqchi ekanligidan xabaringiz bor. Kulibali ham ulardan mustasno emas. O‘tgan mavsumda “Napoli” o‘z himoyachisini 100 million yevroga baholagan edi. Endilikda, klub Kaliduni 70 million evaziga ham qo‘yib yuborishga tayyor.

Ayni damda, “Everton”dan tashqari APLning ikkita klubi futbolchi borasida rasmiy taklif bilan chiqishga ulgurdi. Ulardan biri Londonning “Arsenal” klubi bo‘lsa, ikkinchisi “Manchester Yunayted”. Kulibalining o‘zi ham tezroq italiya jamoasidan ketishni isatamoqda. Shu sababli, klub tomonidan taklif etilgan yangi shartnomadan voz kechdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:07, 26.12.2019.
O'qildi: 6061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.