«Reynjers» klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard o‘zining orzulari haqida gapirdi.
«Liverpul»ni boshqarish — eng asosiy maqsadim va orzum», — deya yozdi Jerrard ijtimoiy tarmoq orqali.
39 yoshli Jerrard «Liverpul» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1998 yildan 2015 yilgacha klub sharafini himoya qilgan. U 2018 yildan beri Shotlandiyaning «Reynjers» jamoasini boshqarib kelmoqda.