Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Oybek Bozorov: «Osiyo chempionatidagi har bir uchrashuv shiddatli o‘tadi»

Oybek Bozorov: «Osiyo chempionatidagi har bir uchrashuv shiddatli o‘tadi»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, sanoqli kunlardan so‘ng Tailandda navbatdagi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi.

Tokio-2020 olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etuvchi mazkur musobaqaga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham munosib hozirlik olib bormoqda.

Olimpiyachilarimiz ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida yakuniy yig‘inni o‘tkazishmoqda. Yig‘in doirasida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tushilmoqda.

Terma jamoamiz a’zosi Oybek Bozorov O‘FA rasmiy saytiga oldindagi mas’uliyatli musobaqaga tayyorgarlik jarayoni qanday ketayotgani to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiryapmiz. Kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib borilyapti. Shu bilan bir qatorda o‘rtoqlik o‘yinlari ham tashkil etilyapti. O‘rtoqlik o‘yinlari bizga katta musobaqa oldidan bir-birimizni maydonda yanada yaxshiroq tushunishimiz hamda jamoaviy o‘yinni shakllantirishimizga yordam beryapti.

Osiyo chempionatida maqsadlarimiz ulkan. Tarkibdagi barchaning niyati – vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytish. Lekin hech bir uchrashuvda bizga oson bo‘lmasligi tabiiy. Zero, har bir jamoa qit’a chempionatida maksimal imkoniyatlarini ishga soladi. Guruh bosqichida ham har bir o‘yin shiddatli o‘tishi tayin. Guruhimizdan o‘rin olgan Eron, Xitoy va Janubiy Koreya terma jamoalarining har birini o‘ziga yarasha kuchli, shu bilan birgalikda kamchilik jihatlari bor, albatta. Raqiblar ichida qay biri favorit ekanini ayta olmayman. Qaysi jamoa musobaqaga yaxshi tayyorgarlik olib borgan bo‘lsa, o‘sha jamoa ustunlik qiladi. Biz eng avvalo guruhda 1-o‘rinni egallashga harakat qilamiz.

Musobaqa boshlanishini ko‘pchilik orziqib kutyapti. Chempionat davomida yurtimizdagi ko‘plab ishqibozlar, ular qatorida oila a’zolarimiz ham bizni qo‘llab-quvvatlashadi. Buni his etgan holda biz ham bor kuch-mahoratimizni ishga solamiz va ularning ishonchlarini oqlab, g‘alabalar bilan xursand qilishga urinamiz", - deya ta’kidladi mahoratli futbolchi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:48, 26.12.2019.
O'qildi: 3631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик