Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Yangi Messi nega “Barselona”ni tark etganini aytdi (intervyu)

Yangi Messi nega “Barselona”ni tark etganini aytdi (intervyu)

Baho:
+ | -

“Barselona” akademiyasida to‘p surishiga qaramay, katta mashxurlikka erishga Xavi Simons haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Mutaxassislar tomonidan yangi Messi bo‘lishi tahmin qilinayotgan gollandiyalik yosh futbolchi ayni damda Parijning PSJ klubi akademiyasida tahsil olmoqda. Bugun ushbu iqtidor egasi bilan uyushtirilgan suhbatni e’tiboringizga havol etamiz.

O‘zi haqida...

Ispanchada mening ismim  Chavi deb yangraydi, golland tilida esa, Xavi! Men Ispaniyada katta bo‘lganman. Jamoadoshlarim bilan ham ispan tilida so‘zlashaman, biroq oila davrasida golland tilidan foydalanaman. Men Amsterdamda tavallud topganman. 3 yoshga to‘lgach Alkantega ko‘chib ketganmiz va aynan o‘sha yerda futbol hayotimga kirib keldi. Ko‘p o‘tmay qishloq jamoasida shug‘ullanishni boshladim. Bu juda kichik klub bo‘lib, asosan zalda to‘p surishga to‘gri kelar edi. Shunga qaramay, mashg‘ulotlarimiz juda quvnoq o‘tar, sira zerikmas edim.

Mening dadam professional futbolchi bo‘lgan, akam ham xatto onam ham o‘z vaqtida to‘p tepgan. Qisqacha qilib aytganda, oila a’zolarimning barchasi futbolga aloqador insonlar. 6 yoshga to‘lganimda meni “Barselona” skautlari payqab qolishgan. Ko‘p o‘tmay Katoliniyaga 2 kunga dam olishga yo‘l oldik. Yetib borgachgina, “Barselona” bilan shug‘ullanishim mumkinligini aytishgani shundoq esimda. Juda quvonib ketdim. Menimcha istalgan bolakay mening o‘rnimda shunday qilgan bo‘lar edi.

Futboldan tashqari, maktabda ham tahsil olaman. Ayni damda maktab diplomini qo‘lga kiritish uchun imtihonlariga tayyorgalik ko‘ryapman. Ochig‘i, bu yerda do‘stlarim ko‘p. Biz ular bilan shaxar aylangani tez-tez ko‘rishib turamiz. Ba’zan kechki ovqatni birga qilamiz. Men bilan suratga tushadiganlarni inobatga olmasa, barchasi oddiy va juda yoqimli.

Nega "Barselona"dan ketgani haqida

PSJga yangi sarguzashtlar talabida bo‘lganim uchun o‘tdim. O‘ylashimcha futbolchi sifatida o‘sishim uchun bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi. “Barselona”da asosiy urg‘u to‘p bilan muomilada bo‘lishga berilar edi. Bu yerda esa, bir yo‘lla ikkita omil birinchi planda. Ulardan biri to‘p bilan muomila qilish bo‘lsa, ikkinchisi jismoniy tayyorgarlik. Aynan shu sababli jamoamni o‘zgartirganim foydamga ishlamoqda deb hisoblayman. Hozirda yangi jihatlar borasida o‘z ustimda ishlayapman. Shunday bo‘lsada, men bu yerda hali yangiman. Quvonarlisi shundaki, ko‘nikib ketishda hech qanday muammolarga uchramadim. Bu yerda o‘zimni baxtli his etyaman.

Terma jamoa...

Hozirgi kunda Gollandiya terma jamoasida to‘p suryapman va jamoaning sardori hisoblanaman. Asosiy maqsadim terma jamoamizga foyda keltirish. Taktik jihatdan olib qaralsa, jamoam uchun himoyada ham hujumda ham foydali bo‘lishga harakat qilyapan. Hujum borasida ishlashim kerak bo‘lgan jihatlar yetarlicha topiladi.

Golni nishonlash uslubi haqida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab savollar kelib tushishidan xabarim bor. Buning tagida hech qanday yashirin ma’ni yo‘q. Men 3 ta barmog‘imni pastga qilib ko‘rsataman. Bu men va men uchun juda qadrli bo‘lgan ikki akamni bildiradi. Hozirda ulardan biri Gollandiyada istiqomat qilsa, ikkinchisi Katoloniyada. Men Parijdaman. Shu yo‘sinda ularga bo‘lgan hurmatimni izhor qilishga harakat qilaman.

Ulg‘ayish davri...

Terma jamoada to‘p surish orqali insonlar bilan til tezda til topishib ketishga o‘rgandim. Bu yerda klubdagidan farqli o‘laroq, deyarli tanimaydigan futbolchilaringiz bilan to‘p surishingiz talab etiladi. Boshida biroz qiynaldim, keyin sekin-asta barchasi iziga tushib ketdi. Terma safida to‘p surar ekanman, yangi kelgan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash naqadar muhim ekanligni angladim. Ana shunda ular jamoaga tezroq kirishib ketishadi. Gollandiya terma jamoasi libosini kiyar ekanman, ich-ichimdan g‘urur tuyg‘usini his etaman. O‘z Vatanim sharafini himoya qilayotganim esa, qalbimda faxr tuyg‘usini mavjlantirib yuboradi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:36, 27.12.2019.
O'qildi: 12713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.