Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli
11/12 15:00 Gamba Osaka 2-0 Ratchaburi
11/12 15:00 Tep Han Nam Din 9-0 Istern
11/12 17:15 Beyjing Guoan 1-2 Makartur
11/12 17:15 Tay Po 1-0 Kongan Hanoi
11/12 17:15 Pathum Yunayted 0-2 Tampines Rovers
11/12 17:15 Kaya–Iloilo 0-1 Poxang Stilers
13/12 00:45 Lechche - Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad - Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna

Neymar nima uchun "Barselona"dan ketganini ma’lum qildi(intervyu)

Neymar nima uchun "Barselona"dan ketganini ma’lum qildi(intervyu)

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Intervyular

Yaqindagina Fransiyaning taniqli “France Football” nashri PSJ yetakchisi Neymar junior bilan qiziqarli suhbat uyushtirdi. Ushbu intervyuda braziliyalik futbolchi tomonidan bilidirlgan fikrlarni e’tiboringizga havol etamiz.

 

Messi haqida...

U aql bovar qilmas darajada iqtidorli futbolchi. Messi men ko‘rgan va birga to‘p surgan futbolchilar ichida eng kuchlisi desam, adashmagan bo‘laman. Bir necha yillardan beri eng yuqori cho‘qqida mahkam turganiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q. Uning “oltin to‘p”lari soni 6 taga yetganinga hayron bo‘lishning esa xojati yo‘q.

Barcha meni “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun “Barselona”nit ark etgan deb hisoblaydi. Aslida unday emas. Parijga ko‘chib o‘tganimning asosiy sababi  yangi chorlovga labbay deb javob berish edi. Qarorimning birinchi raqamli bo‘lish istagida qabul qilmaganman. Bundan tashqari, PSJga o‘tishimga Messining hech qanday aloqasi yo‘q. Men har bir uchrashuvda o‘zimning bor imkoniyatlarimni ishga solaman. Ayni damda jamoam bilan baxtli ekanligimga Shubham yo‘q.

 

Buyuk futbolchilar haqida...

Buyuk futbolchilar deganda o‘yin natijasiga bir o‘zi ta’sir o‘tkazishga qodir futbolchilarni tushunaman. Aynan ular o‘zlarining eng kuchli jihatlaridan unumli foydalanish orqali butun jamoani ortidan ergashtira oladilar. buyuk futbolchilar deganda shunday hislat egalarini ko‘z oldimdan o‘tkazaman. Bunday futbolchilar oz bo‘lsada mavjud. Masalan braziliyalik Ronaldo yoki Zlatan. Mukammalikka intilishning xojati yo‘q. Yaratgan egamdan boshqa barcha narsa mukammal emas.

 

“Manchester Yunayted”dan qabul qilingan mag‘lubiyat haqda...

Men hech qachon finallarda yengilmaganman va bu qanday sodir bo‘lishidan bexabarman, biroq mag‘lubiyat nima ekanligini juda yaxshi bilaman. O‘tgan mavsumda “Manchester Yunayted”dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng anchagacha o‘zimga kela olmadim. Xuddi o‘zim maydonda bo‘lganday chuqur shok xolatiga tushib qolganimni yashirib o‘tirmayman. Nima bo‘lgan taqdirda ham o‘sha uchrashuvn unutishimiz lozim. O‘sha mag‘lubiyatdan o‘rnak olish va xatolarni takrorlamaslik kerak.

Haqiqiy Neymar...

Futbol muxlislari Neymarning bor yo‘gi 40 foizinigina ko‘rishadi xolos. Aslida qanday inson ekanligimni mening oila a’zolarim va do‘stlarimgina yaxshi biladi. Hayotda juda bosiq va quvnoq insonman. Imkon topildi degnucha do‘stlarim bilan hayotdan zavq olishni xush ko‘raman.

PSJ haqida..

Yozda nimalar bo‘lganidan barcha xabardor. Ayni damda 100 foiz parijlikman. Mening bu mavsumdagi statisktikamga e’tibor qarating! U juda ham ajoyib ko‘rinishda. Bu mavsumda bor e’tiborimni maydonga qaratyapman. To‘g‘ri, menda jarohatlar ko‘p uchrab turadi, biroq men doim barchasini yengib ortga qaytanganman. Yozda aytgan so‘zlarimning birortasini ham inkor qilmoqchi emasman. Inson o‘zini baxtsiz his etayotgan joyidan ketishni istashi tabiiy xol. Bugungi kunda bor e’tibotim PSJning g‘alaba qozonishiga qaratilgan. Biz birlashsakgina o‘ylagan niyatlarimizning barchasiga erishishimiz mumkin.

Mbappe bilan aloqalari haqida

Bizning do‘stona aloqada ekanligimiz menga va jamoaga qo‘l kelmoqda. Biz juda yaqin do‘sltlarmiz. Killian bag‘ri keng inson va doimmo meni qo‘llab-quvvatlab turadi. Maydonda esa, biz gol kiritishimiz uchun bir-birimizga yordam beramiz. Futboldan tashqarida esa, doimmo bir-birimizga bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlar jo‘natamiz. U bilan aloqalarimiz stadiondagina emas. Shunga qaramay, mashg‘ulotlarda barchasi o‘zgacha. Biz mashg‘ulotlar o‘z yakuniga yetkuniga qadar chinakam raqiblarga aylanimiz. Menimcha bu ikkimiz uchun ham foydadan xoli bo‘lmaydi.

Oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida

Mening maqsadim bir nechta. Qit’a chempionligi, Yevropa chempionlar ligasi g‘olibligi va boshqa sovrinlar. Shunday bo‘lsada, ular orasidan birini alohida qayd etgan bo‘lar edim. Bu Braziliya terma jamoasi tarkibida mundialda g‘olib chiqish.

“Oltin to‘p” haqida

Bu sovrinni qo‘lga kiritishim ham kiritmasligim ham mumkin. Menimcha bunday sovrinni qo‘lga kiritishni istamaydingan futbolchi bo‘lmasa kerak. Shunday bo‘lsada, bu mening asosiy maqsadim emas. Eng muhimi g‘alaba qozonish.

Manba: France Football
Kiritildi: 22:53, 27.12.2019.
O'qildi: 5545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.