Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jorje Mendesh Bernardu Silvani «Real»ga taklif qildi, biroq...

Jorje Mendesh Bernardu Silvani «Real»ga taklif qildi, biroq...

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silvaning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh 31 yoshli futbolchi xizmatlarini Madridning «Real» klubiga taklif qildi. Avvalroq futbolchi mavsum yakunida ingliz klubini tark etishini ma’lum qilgan edi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Ispaniya grandi Angliyaning olti karra chempioni xizmatlariga qiziqish bildirmayapti. Ta’kidlanishicha, Bernarduning o‘zi faoliyatini top-klubda davom ettirishni istamoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:33, 24.04.2026.
O'qildi: 4060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик