Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

“Real” Olise uchun 175 mln yevrolik taklif yuborishga tayyor

“Real” Olise uchun 175 mln yevrolik taklif yuborishga tayyor

Baho:
+ | -

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi 2026 yil yozda Maykl Olise uchun 175 million yevro miqdorida taklif yuborishga tayyor. Klub prezidenti Florentino Peres fransiyalik hujumchini “Bernabeu”ga olib kelishga qat’iy qaror qilgan.

O‘zining driblingi va kreativligi bilan raqib uchun doimiy xavf solib turadigan Maykl Olise Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida kechgan va “Bavariya”ning “Real Madrid”ga qarshi har ikkala uchrashuvida eng faollardan biri bo‘ldi va javob o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Avvalroq, “qirollik klubi”ning 160 million yevrolik taklifiga rad javobi berilgandi. “Bavariya” kuzatuv kengashi a’zosi Uli Xyoness esa yozgi transfer oynasi vaqtida jamoa vingeri Maykl Olisening sotilishi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirib, u 200 million yevroga ham sotilmasligini aytib o‘tgan edi.

Olise Myunxen klubi bilan 2029 yilga qadar imzolangan shartnomaga ega va uning kelishuvida tovon puli haqidagi band mavjud emas. Shunga qaramay, futbolchining o‘zi 2026 yil yozda “Real Madrid” safiga qo‘shilishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Maykl Olise Germaniya klubidagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Futbolchi shu vaqtga qadar klub safida jami 100 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 38 ta gol va 52 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:29, 24.04.2026.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик