Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Arturo Vidal «Barselona» bilan sudlashadi

Arturo Vidal «Barselona» bilan sudlashadi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidalning advokati Ispaniya La ligasi va futbol federasiyasi qo‘shma komissiyasiga klub ustidan shikoyat kiritdi. Uning da’vosiga ko‘ra, klub ushbu mavsumda futbolchiga mukofot pulini bermagan. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Vidalning shartnomasida, agar futbolchi "Barselona"ning 60 foiz o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘lsa, 2,4 million yevro miqdorida mukofot puli olishi haqida yozib qo‘yilgan. Chililik o‘yinchi mazkur o‘yinlarning yarmida ishtirok etgani bois mukofot pulining yarmini talab qilmoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati esa pulni to‘lashdan bosh tortib, buni futbolchi jamoani tark etish uchun sabab qidirayotganiga yo‘ymoqda.

Avvalroq Vidal "Inter" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani va yanvar oyidayoq Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tmoqchi ekani haqida xabar tarqalgan edi.

Manba: football.ua
Kiritildi: 09:06, 28.12.2019.
O'qildi: 7145 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик