Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

“CHelsi”ning irodali g‘alabasi yoxud Lempardning murabbiylik “fishkasi”

“CHelsi”ning irodali g‘alabasi yoxud Lempardning murabbiylik “fishkasi”

Baho:
+ | -

London derbisida “Chelsi”ning qanday inqilobni amalga oshirganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bugun ushbu o‘yin haqidagi fikrlarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.

“Arsenal” va “Chelsi” to‘qnashuvining o‘zi barchani televizorga mixlab qo‘yish uchun yetarli sababga ega. Qo‘shimchasiga, APLni bezab turuvchi katta tezliksiz jamoalarning qanday o‘yin ko‘rsatishi barchani ikki xissa qiziqtirgani aniq.

So‘zlarimning ma’nosini tushuntirib bersam. Bunday tig‘iz grafik chog‘ida murabbiylarning tarkib va qulay taktikani tanlashi birinchi planga ko‘tariladi. Bunday qisqa fursatda o‘yinlar o‘tkazilishi muxlislar uchun bayram sovg‘asidek ko‘rinsada, futbolchilar uchun chinakam hayot-mamot sinovi. Jangda ayorliklarsiz g‘alaba qozonish mushkul. Ayorlikdan foydalanildimi, demak jamoa o‘z o‘yinidan voz kechadi va biroz zerikarli futbol namoyish etishiga to‘g‘ri keladi.

“Arsenal” va “Chelsi” o‘yinni ikki hil uslubda boshladi. Mikel Arteta bor e’tiborni birinchi bo‘limdagi ustunlikka qaratdi va jamoasi uning ko‘rsatmalarini to‘liq bajardi. “Chelsi” o‘yinning birinchi qismida bir dona burchak zarbasini inobatga olmasa, hujum uyushtirgani ham yo‘q. Ikkinchi bo‘limga kelib “kononirlar” “jangdagi” ustunlikni raqibga qarshi hujumda raqibni kutishni boshladi. Lempard shogirdlari esa, raqib darvozasi oldida shoshilmasdan saf tortdi. Lempard o‘yinni o‘zgartirib yuboruvchi taktikani ishga soldi va “aristokratlar” raqibning billur boshiga qahshatqish zarba berishdi. Oqibatda, o‘yining katta qismida mag‘lub bo‘lgan “Chelsi” “jangda” g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

“Arsenal” o‘zgarganicha yo‘q

Futbol befavo sport turi ekanligiga ushbu o‘yin yuz foiz dalil bo‘la oladi. E’tibor qarating, “Arsenal” hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar bilan hisoblaganda o‘yinning 75 daqiqasi davomida ustunlikni qo‘lda saqlab turib ham mag‘lubiyatga uchradi. “Chelsi” o‘yindagi 10 daqiqalik ustunlik evaziga g‘alabani raqibning qo‘lidan emas, og‘zidan yulqib oldi. Bunday g‘alaba bilan “Chelsi”ni tabriklamaslik mumkin emas.

Shu o‘rinda tan olish lozim, “Arsenal” birinchi bo‘limni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdi. Shunga qaramay, Arteta jamoaning o‘yinini to‘liq o‘zgartirib yubormagani yaqqol ko‘rinib qoldi. Buni tushunsa bo‘ladi. Klub shifoxonasi jarohatlar bilan to‘la va jamoa Emirining ishonchsiz o‘yin uslibidan voz kecha olganicha yo‘q. Arteta jamoani boshqarishga mo‘ljallangan richaglarni sekin asta pastga tushiryapti. Uning imkoniyatlariga bu mag‘lubiyatlar bilan baho berishga shoshilmaslik lozim.

Mikel Arteta o‘yinga 4-2-3-1 taktikasini tanladi. Ayni damda uning asosiy vazifasi futbolchilarni chalg‘itib yubormaslik ekanligiga e’tibor qaratmadi yoki futbolchilarga ortiqcha ishonib yubordi. Shu o‘rinda raqibni ham alohida qayd etib o‘tish joiz. “Chelsi” osonlikcha taslim bo‘lishni istamadi va o‘yinni o‘zgartirish uchun “B” rejaga o‘tdi. Afsuski, Mikelda “B” rejasi yo‘q ekanligini pand berib qo‘ydi. “Arsenal” uchun alamli mag‘lubiyat, biroq bu salbiy yakun degani emas. Hech narsa birdaniga paydo bo‘lmadi.

“Chelsi” ikki xil sxemadan foydalanadi

“Arsenal” o‘yin davomida katta ustunlikka erishgan bo‘lsada, “Chelsi” asosan o‘zi bilan o‘zi kurashishiga to‘g‘ri keldi. Jamoa o‘z ustidan g‘olib kelgach, “Arsenal”ni ham ortiqcha qiyinchiliksiz yengdi. “Arsenal” o‘yin davomida Arrisabalaga darvozasiga 7 bor zarba berishdi va ularning ikkitasida darvozaga aniq bordi. Bu borada “Chelsi” raqibidan ikki barobar yaxshiroq statistika qayd etganini unutmaslik lozim. Uchrashda g‘alaba keltirgan yurishni esa, Frenk Lemapard amalga oshirdi. Yana 3 ta himoyachi bilan maydonga tushgan “Chelsi” gol o‘tkazib yuborgach, vaziyatni chiqib ketish uchun markaziy yarim himoyachi Jorjino himoyachi Emersonni almashtirdi. 3-4-3 sxemasi 4-3-3 aylandi. Ikkinchi bo‘lim boshida murabbiy Kovachich o‘rniga Xodson Odoini maydonga tushirdi va jamoa 4-2-3-1 sxemasiga o‘tdi. Bu o‘zgarish jamoaga hujumda bir yo‘la 4 ta futbolchining paydo bo‘lishini ta’minlab berdi. Lempard tomonidan tanlangan ikkinchi yo‘l jamoaga muhim bo‘lgan 3 ochkoni taqdim etdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Shunday bo‘lsada, gollarga strategik xatolar tufayli o‘tkazib yuborildi. Birinchi vaziyatda Leno to‘pga chiqishda adashdi va Jorjoniga gol sovg‘a qildi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach hujumga berilib ketgan “Arsenal” qarshi hujumda Villian va Abraham tomonidan jazolandi.

O‘yin qahramoni : Frenk Lempard

Futbolchilar orasida yarq etib ko‘zga tashlangan futbolchi bo‘lmagani bois, Lempardni tanladik. Murabbiy ajoyib murabbiylik ishini amalga oshirdi. O‘z qarorlarini o‘zgartirishdan cho‘chimadi va o‘yin davomida teng kuchli raqibga qarshi “Chelsi”ni qulayroq pozitsiyaga olib chiqishga xarakat qildi. Eng quvonarlisi shundaki, Frenk o‘zi istagan barcha ishni maydonning o‘zida amalga oshirishni uddaladi.

Uchrashuvning eng omadsiz futbolchisi

“Arsenal”ning “sochilib” ketishi aynan darvozaboning qo‘pol xatosidan so‘ng boshladi. Darvozabon yangi yil munosabati bilan raqibga gol hadya etmaganida, “Arsenal” qarshi hujumni, Leno esa oyoqlari orasidan ikkinchi to‘pni o‘tkazib yubormagan bo‘lar edi.

Xulosa

“Chelsi” turnir jadvalidagi o‘rnini saqlab qolish uchun judamuhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shunday bo‘lsada, klub bir nechta uchrashuvda ketma-ket g‘alaba qozonish shart. Aks xolda, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchsiz uzoqqa borish mushkul. “Arsenal” APLning so‘nggi 12 ta turi davomida atigi bir bor g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa 20 ta turdan so‘ng 12-o‘rinda bormoqda. Artetaning qilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Menimcha bu mavsumni faqatgina kubok o‘yinlarigina qutqarib qolishga qodir.

Я . У

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:25, 30.12.2019.
O'qildi: 6187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.