Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ishbilarmon futbolchilar

Ishbilarmon futbolchilar

Baho:
+ | -

Odatda 35-40 yosh insonlar uchun daromad olishning eng qulay payt hisoblanadi. Futbolchilarda esa, tamomila aksi. Ular shu yoshda o‘z kasblaridan ayriladilar. Shunga qaramay, ayrim futbolchilar bor-ki, o‘z pullarini  biznes rejalarga sarf etgancha yorqin kelajakni ta’minlashni boshlab yuborishgan. Bugun ana shunday ishbilarmon futbolchilar haqida so‘z boradi.


Krishtiyanu Ronaldu

Dunyoning eng katta maosh oluvchi futbolchilaridan biri sanaluvchi Krishtiyanu Ronaldu 2013-yildayoq o‘z kelajagini ta’minlashi kutilayotgan biznes rejani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Qahramonimiz CR7 brendi ostida turli mahsulotlarni ishlab chiqarishidan xabaringiz bor. Asosan kiyim va poyabzal ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korhona endilikda ushbu marka ostida tuli atirlarni ham omma e’tiboriga namoyish etmoqda. Biznes reja boshida barchaga kulguli tuyulgan bo‘lsada, ayni damda Ronaldu uchun yiliga 10 million yevro sof daromad olib kelmoqda. Shuningdek, futbolchi CR7 brendi nomini Madeyrada ochilgan mehmonhonasiga ham bergan. Qahramonimiz Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgach, ushbu mehmonani sotib olgan edi. Bundan tashqari, qahramonimizning Braziliyada o‘z restarani ham mavjud bo‘lib, unga Dalorej nomini bergan.

Lionel Messi

 

O‘zining azaliy raqobatchisidan qolishmaslikka harakat qilivchi Leo bir nechta katta mehmonhonalarning egasi sanaladi. 2017-yilda Ispaniyadagi to‘rt yulduzli mehmonhonalardan birini 30 million yevro evaziga sotib olgan qahramonimiz shu biznes bilan to‘xtab qolishni istmadi.

2019-yilda Leo Ronaldu singari moda olamiga kirib keldi va “Messi” brendi ostida yangi kiyim-kechak butiklariga asos soldi. Yil yakunlariga ko‘ra, Messi o‘z brendi ortidan Ronaldu singari daromad olmagan bo‘lsada, boshlanishi yomon emas.

 

Zlatan Ibrahimovich

Yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilardan farqli o‘laroq, Zlatan uchun biznes pul tpoish manbayi emas. Futbolchi o‘z biznesini shunchaki quvnoq sarguzashtdek qabul qildi. O‘zining pulga ehtiyoji yo‘qligini ko‘p bor ta’kidlaydigan shved 2016-yilda “A-Z” nomi ostidagi kiyimlar kolleksiyasini Parijda e’lon qiladi. Uning brendi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotni bir vaqtning o‘zida dunyoning 11 mamlakatida sotuvga qo‘yishadi, biroq ko‘p o‘tmay bu brend o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi yangi sarguzashtlari sababli 21 million yevro zarar ko‘rgan ekan.

Jerar Pike

 

Qo‘rqmasdan Pikeni futbolchilar orasidagi eng omadli ishbilarmon desak, adashmagan bo‘lamiz. Ispaniyalik himoyachi deyarli 1 million yevro evaziga video o‘yinlar yaratishga mo‘ljallangan Kirad kompaniyasiga asos soladi. Ushbu kompaniya ayni damda eng ko‘p yuklab olinuvchi bir nechta video o‘yinlarni yaratishga muvaffaq bo‘lgani tahsinga sazovor. Shuningdek, qahramonimiz gamburger uchun gosht yetkazib beruvchi bir nechta kompaniyalarning katta aksiyalarining ham egasi sanaladi. Bu bilan chegaralib qolmagan Pike 2013-yilda ko‘zoynak ishlab chiqaruvchi Kaypers kompaniyasining 30 foiz aksiyalarini xarid qilgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib 67 foiz aksiyanining egasiga aylandi.

Serhio Ramos

Yana bir omadli ishbilarmonlardan biri. Ramos ham Pike singari o‘z pullarni kelajakda katta daromad keltirishi aniq bo‘lgan yo‘nalishlarga tikishdan sira cho‘chimaydi. “Real Madrid” sardori so‘nggi 10 yil ichida o‘z kapitalining katta qismini ko‘chmas mulk savodosiga tikmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Ramos ikkita katta qurilish kompaniyalariga 100 million yevro atrofida pul sarf qilgan. Futbolchi qurilish kompaniyalarining asosiy aksiyadori hisobladi. Malumotlarga ko‘ra, Ramos Madridning g‘arbiy tomonidan deyarli 10 mingga yaqin uy-joy qurilishi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bir qarashda, juda tavakkaldek ko‘ringan biznes reja ish berdi. Ayni damda, Ramos boshlagan qurilishlar start olgan va hisob-kitob bo‘yicha 2034-yilda qurilish o‘z yakuniga yetadi. Shuningdey qahramonimizning Andalusiyada mahsus otlarni yetishtiruvchi fermasi ham mavjud. U yerda asl zotli otlar yetishtiriladi va sotuvga qo‘yiladi. Aytishlariga qaraganda, bu borada ham uning ishlari ko‘ngildagidek ketmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 05:14, 30.12.2019.
O'qildi: 3818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.