Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ronaldu o‘g‘li bilan to‘p surmoqchi

Ronaldu o‘g‘li bilan to‘p surmoqchi

Baho:
+ | -

Ronladu yaqindagina “Soccer Awards” versiyasiga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan xabaringiz bor. Bugun portugaliyalik futbolchining taqdirlash marosimidan so‘ng bergan intervyusini to‘liq xolda taqdim etamiz

G‘alabaning hech qanday siri yo‘q. Men yillar o‘tgani sayin yanda kuchliroq bo‘lib boryapman. Sovrinlar yutish juda muhim, sababi bu sizning omadli futbolchi bo‘lishingizni ta’minlaydi. Qaytaraman, hech qanday sir yo‘q. Shunchaki, o‘zing shug‘ullanoyotgan ishni sevishing kerak xolos. Aks xolda, siz o‘ylagan niyatlaringizning birortasiga ham yeta olmyiz. Jamoadoshlaringizga yordam berish ham juda muhim. Ularning yordamisiz katta natijalar qayd etishning iloji yo‘q.

So‘nggi 15 yil davomida men futbolga harisligimni yo‘qotganim yo‘q. Bu eng muhim omillardan biri. Siz biror bir yutuqni qo‘lga kiritish uchun birinchi navbatda o‘sha narsani qo‘lga kiritishni juda istashingiz talab etiladi. Men yana bir necha yil to‘p surishni istayman. To‘g‘ri, barcha musobaqalarda g‘olib chiqishning iloji yo‘q, lekin kamtarlik bilan shuni aytishim mumkin-ki, men futbolda nimagadir erisha oldim. Bilaman, boshqa futbolchilar ham katta cho‘qqilarni zabt etishmoqda. Ko‘plab buyuk futbolchilar mavjud va men ularning barchasini hurmat qilaman.

Uyqu, diyeta, dam olish singari omillardan to‘g‘ri foydalanish evaziga kerakli natija qayd etish mumkin. Omadli futbolchi bo‘lish uchun iqtidorning o‘zi kamlik qiladi. Men doimmo kuchli insonlarga o‘xshashga intilaman. Har qanday sportchi o‘zini to‘liq yengishi va tanasini to‘liq boshqarishni o‘rganishi kerak. Men yana bir necha yil top darajada futbol o‘ynash orqali o‘z bolalarimga na’muna bo‘lmoqchiman. Ayniqsa kichkina Krishtiyanuga. U ko‘pincha menga sen bilan birga o‘ynayman deb bosim o‘tkazishga harakat qiladi. Bir qarashda qiyin masala, lekin hozir futboldan lazzat olyapman. Demak, barchasi amalga oshishi mumkin.

Manba: Голос футбола
Kiritildi: 15:53, 30.12.2019.
O'qildi: 3528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.