Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Navbahor» yig‘iniga koreyalik futbolchi qo‘shiladi

«Navbahor» yig‘iniga koreyalik futbolchi qo‘shiladi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, “Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan yig‘iniga mahalliy futbolchilardan tashqari, 12 nafar xorijlik o‘yinchilar ham jalb etilishgani, ularning soni yig‘in davomida yanada oshishi ehtimoli ham yuqori ekanligini ta’kidlagandik.

Mazkur legionerlarning safiga yana bir osiyolik futbolchi qo‘shiladigan bo‘ldi. Bu Janubiy koreyalik Shim Je Xyuk bo‘lib, u 1995 yil 5 martda Seongnam shahrida tug‘ilgan. Shu kungacha o‘z mamlakatining “Seul” (2014-2017 yillar), “Seongnam” (2017 yil) jamoalarida to‘p surgan. Xyuk 2018 yildan buyon “Guanjou” klubida o‘ynamoqda. Ampluasi – hujumchi.        

Demak, “lochinlar”ning yangi yilning 7 yanvaridan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida 30 nafarga yaqin mahalliy va 13 nafar xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishadi.

Bu esa "Navbahor" murabbiylar shtabida tanlov imkoniyati ham yuqori bo‘lishini anglatadi.

Mazkur futbolchilardan qaysi biri “Navbahor” murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa,  o‘sha o‘yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:41, 30.12.2019.
O'qildi: 3086 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик