Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekistonlik xokkeychi AQSH terma jamoasida o‘ynamoqda

O‘zbekistonlik xokkeychi AQSH terma jamoasida o‘ynamoqda

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Chexiyada xokkey bo‘yicha yoshlar (U20) o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Kecha AQSH terma jamoasi guruh bosqichi doirasida Rossiyaga qarshi muzga chiqib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Amerikaliklar safida Artur Kaliyev 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Aslida ushbu xokkeychi 2001 yilda Toshkentda tug‘ilgan bo‘lib, Artur 7 oylik paytida oilasi bilan Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib ketgan.

Kaliyev 7 yoshidan boshlab konkidan uchishni o‘rganishni boshlagan. Unda xokkeyga nisbatan qobiliyati borligini bilgan ota-onasi Michigan shtatiga ko‘chib borb, Arturni xokkey klubiga berishgan. U 16 yoshida Kanadaning «Gamilton» xokkey klubida o‘ynay boshlagan. 18 yoshida esa AQSH yoshlar terma jamoasiga taklif etilgan. Hamyurtimiz 2018/2019 yilgi mavsumda 67ta o‘yinda maydonga tushib, 51ta gol urishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik.



Artur JCHning 1-turida Kanada darvozasiga ham bitta gol urgan edi. Shu tariqa, uning musobaqadagi gollari soni 3taga yetdi.

Kaliyev hozirda "Los Angeles Kings" jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:56, 30.12.2019.
O'qildi: 6040 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик