Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Arteta Rabioni ilib ketmoqchi

“Londonning “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta “Yuventus” yarim himoyachisi Adriyen Rabio bilan jiddiy qiziqib qoldi”- deb xabar tarqatmoqda “FootMercato” nashri

Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, Arteta allaqachon fransiyalik futbolchi bilan telefo orqali suhbatlashgan va uning yordamiga muhtoj ekanligini bildirgan. Arteta yarim himoyachini qishki transfer oynasi ochilishi bilan harid qilishni rejalashtirmoqda.

“Arsenal” sport direktori Caul Sanllexi Rabioni klubning qishki yoki yozgi transfer oynasi chog‘ida sotib olishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, Rabio ushbu mavsumda 9 ta o‘yinda ishtirok etdi va birorta gol kiritganicha yo‘q.

“Manchester Yunayted” Benfika futbolchisiga qiziqmoqda

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida “Benfika” futbolchisi Jadson Fernandeshni qo‘lga kiritish uchun urunib ko‘rmoqchi.

“Sky Sport” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, futbolchining agenti ayni damda Manchester shaxriga yetib kelgan va mijozini o‘z jamoasida ko‘rish istagidagi klublar bilan uchrashmoqda. Futbolchining shartnomasida tavon puli sifatida 102 million yevro ko‘rsatilgan bo‘lsada, “Manchester Yunayted” yarim himoyachini sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi. Agar klub futbolchining o‘yinidan qoniqsa, “Benfika” kelasi mavsum 35 million yevro egasiga aylanadi.

Portugaliya klubi o‘z tarbiyalanuvchisi uchun 45 million yevro talab qilmoqda. Manba bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, Jadsonning o‘zi ham tezroq “qizil iblislar” safiga borib qo‘shilishni istamoqda. Voqeyalar ancha chigallashib ketgan bo‘lsada, transferning amalga oshishi ehtimoli juda katta

“Atletiko Madrid” Kavanini o‘rniga boshqa futbolchi topdi

Madridning “Atletiko” klubi PSJ hujumchisi Edinson Kavani bilan muzokara olib borayotganidan xabaringiz bor. Klub urugvaylik hujumchi bilan muzokaralarni ijobiy hal eta olmayapti. Agarda ishlar shu ketishda davom etsa, Kavanining Madridga ko‘chib kelishi katta so‘roq ostida qolib ketishi hech gap emas. Shu sababli, “matraschilar” Kavani uchun alternativ variyantni ko‘rib chiqishni boshladi.

Ayni damda bu borada birinchi nomzod Xitoyning “Beyjing Goan” klubi hujumchisi SedrikBakambu bo‘lib turibdi.

“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Kongolik hujumchining o‘zi ham katta maosh ko‘rsatilgan shartnoma bo‘lsa, Ispaniyaga qaytishga qarshi emas. Boz ustiga, Bakambu uchun “La Liga” birinchiligi begona emas. Hujumchi Xitoy klubiga o‘tishdan avval Ispaniyaning boshqa bir jamoasi «Vilyarreal” sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda 28 yoshlik hujumchi 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol va 4 ta assistni yozib qo‘ydi.

Pako Alkaser ortga qaytmoqchi

“Germaniyaning “Borussya Dortmund”jamoasi hujumchisi Pako Alkaser qishki transfer oynasi chog‘ida jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bunga sabab klub tomonidan xarid qilingan Erling Xoland” ,-deb xabar bermoqda Marca nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, klubdan ketish fikri shaxsan futbolchining o‘zidan chiqqan bo‘lib, Pako mavsumni zahira o‘rindig‘ida o‘tkazishni istamayapti. Qahramonimiz o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Ispaniyaning kuchsizroq klublarida to‘p surushga ham rozi. Ayni damda dortmundliklar o‘z hujumchisi borasida barcha taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi.
Hozircha, ispaniyalik hujumchining hizmatlariga bir nechta Xitoy klublari va Ispaniyaning “Atletiko” klublaridan qiziqish mavjud.

“Lester” turkiyalik futbolchi bilan qiziqib qoldi

Angliyaning “Lester” jamoasi “Milan” yarim himoyachisi Hakan Chalhanoglu bilan jiddiy qiziqib qoldi. Ma’lumotlarga qaraganda, “tulkilar” 25 yoshlik yarim himoyachi borasida “Milan”ga rasmiy taklif jo‘natishgan. “Milan” rahbariyati turkiyalik futbolchini qishki transfer oynasi chog‘ida qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Futbolchining o‘zi esa,APLda to‘p surishni uistamayapti. Agarda Milanni tark etsa ham bu Bundesliga klublaridan biri bo‘lishini istamoqda. Eslatib o‘tamiz, Hakan Germaniyning “Bayer” va “Gamburg” klubilarida muvaffaqiyatli to‘p surgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:40, 31.12.2019.
O'qildi: 12669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.