Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Klopp "odam qilgan" 12 futbolchi

Klopp "odam qilgan" 12 futbolchi

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp — ayni damda dunyoning eng kuchli murabbiysi. U faoliyati davomida bir nechta klubda ishlashga ulgurgan va bir necha futbolchilarni kashf qilgan, ayrimlarga esa rivojlanishlari uchun yordam bergan. Quyida germaniyalik mutaxassisga minnatdorlik bildirgan futbolchilar bilan tanishtiramiz.

Sadio Mane
«U hazilkash odam, shu bilan birga jiddiy ham. Qachon futbol maydonidan tashqariga gaplashsak, shaxsiy masalalarni muhokama qilamiz. U menga hayotda nimalar muhimligi haqida gapiradi. Men ana shunday hamma narsani muhokama qilish mumkin bo‘lgan yaqin insonim borligidan xursandman».

Roberto Firmino
«Men jismoniy, taktik va psixologik jihatdan yaxshi ishlab mufaqqafiyatga erishdim. Ammo men Kloppni maqtashdan to‘xtamayman. U menga maydonda va maydondan tashqarida ko‘p yordam berdi. Biz har kuni undan yangi narsalarni o‘rganamiz».

Ilkay Gyundogan

«Men Dortmundga kichikroq jamoadan ko‘chib o‘tgandim. Birinchi olti oyda moslashishim juda qiyin bo‘ldi. Uyatchan edim, bor imkoniyatimni ishga sololmasdim. Ammo Klopp va uning shtabi menga yordam berdi».

Virdjil van Deyk
«Liverpul»da Klopp bilan iliq munosabatdaman xuddi «Sautgempton»da Ronald Kuman bilan yaxshi aloqada bo‘lganim kabi. Klopp mendan maksimal darajada foydalanishni biladi. U bunga tanqid orqali erishadi.
Qachonki OAV men haqimda yaxshi gaplarni gapirganida, Klopp ularning fikrlaridan quvonmaydi. menga kamchiliklarim borligini aytadi va shu bilan birga ko‘z qisib qo‘yadi. UYEFA meni yilning eng yaxshi futbolchisi deb topganida Yurgen mazkur sovrinni butun jamoa nomidan qabul qilishim kerakligini aytdi. Men esa bunga roziman. U menga o‘zaro hurmat va mas’uliyatni o‘rgatdi».

Ivan Perishich
«Men hech qachon himoyaga qaytmasdim. Men futbolda bu kerak deb o‘ylamasdim. Klopp esa menga zamonaviy futbol qanday bo‘lishini ko‘rsatib berdi».

Genrix Mxitaryan
«Men Kloppdan minnatdorman. U xarakterim va ruhiyatim ustida ishladi. U menga qanday harakatlanish kerakligini ko‘rsatdi. Meni qo‘llab-quvvatladi va hayotga optimistik ruh bilan qarash kerakligini uqtirdi».

Pyer-Emerik Obameyang

«U ruhiy jihatdan o‘sib, yangi bosqichga chiqishimga yorda berdi. Uni juda hurmat qilaman».

Mario Gyotse

«U menga professional futbolda hamma narsani o‘rgatgan. Men endigina 17 yoshda edim, faqat akademiyani bitirgandim, xolos. Klopp yuqori darajaga chiqishim uchun yetarlicha imkoniyat berdi».

Robert Levandovski
«Yurgendek inson va murabbiy bilan ishlaganimdan baxtliman. Men undan ko‘p narsa o‘rgandim».

Divok Origi

«Ko‘plab jamoalar qaysidir jihatdan kuchli, ammo taktik jihatdan kuchli va muxlislar bilan yaxshi munosabatda bo‘ladigan murabbiy bilan ishlasang, muvaffaqiyatga erishish uchun sirli reseptlar kerak emas. Bunday murabbiy bilan ko‘p narsaga erishishing mumkin».

Marko Roys
«Yurgenning alohida aurasi bor, siz bilan yoqimli tarzda suhbatlashadi. Qandaydir taassurot qoldirishga urinmaydi. "Borussiya"ga o‘tishimning asosiy sabablaridan biri — Klopp futbolchilarni qanday qilib kuchaytirishni biladi. U — o‘ziga xos».

Trent Aleksandr-Arnold

«Agar u bo‘lmasa, nimalar yuz berishini bilmayman. U menga imkoniyatlar eshigini ochdi va so‘raganimdan ham ko‘proq imkoniyat berdi».

Manba: soccernews.uz
Kiritildi: 18:15, 31.12.2019.
O'qildi: 13798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.